Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
— Bu rost! — dedi Eson Davlat begim. — Mahmudxon boshqa onadan tug‘ilgan. Uning 
onasi Shohbegim Badaxshi menga kundoshlik qilur, bizni ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Ana 
shuning ta’sirida Mahmudxon bizga o‘gaylik qilishi mumkin. Ammo buning uchun barcha 
chingiziylarni temuriylarga dushman qilib ko‘rsatishingiz noto‘g‘ri, janob Qosimbek! 
— Meni ma’zur tuting, «barcha xonlar» deganim yo‘q. Faqat Mahmudxon bilan 
Shayboniyxonni, yana Ahmad Tanbalni nazarda tutdim! 
— Bular ham sizu biz kabi turkiy tillik musulmonlar-ku! — deb gap qo‘shdi Ali Do‘stbek. 
— Ayirmachilik qilish kimga kerak? 
— Ayirmachilikni biz emas, ular qilishmoqda! — dedi Bobur. — Men tarix kitoblari-da 
o‘qidim. Eng qadimiy bobokalonimiz O‘g‘izxonning Kunxon, Oyxon, Tog‘xon degan 
o‘g‘illari bo‘lgan ekan. Shulardan bo‘lgan farzandlardan biri Yulduzxon deb atalgan ekan. 
Qarang, hammasi turkiy nomlar! Ana shu Yulduzxonning nevarasi — afsonaviy ayol 
Alanquva qurlos urug‘idan ekan. Qurlos barlosga qon-qarindosh. Nomi ham uy-qash. 
Men buni Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» kitobida o‘qidim. Ilohiy ruhdan homilador 
bo‘lib o‘g‘il tuqqan Alanquva turkiy qavmlarning afsonaviy onasi sanalarkan. 
— Ha, rost, — deb bu gapni Eson Davlat begim ma’qulladi, — otalari mo‘g‘ul qavmidan 
bo‘lgan Chingizxon ham Alanquvani o‘zining momokaloni deb bilgan. Shunday bo‘lgach, 
chingiziylarni temuriylarga ashaddiy dushman deb ta’riflash adolatdan emas-da, janob 
Qosimbek! 
— Ammo bu ikki sulola tarixda bir-biri bilan ozmuncha yog‘iylashganmi, hazrat begim? 
Hokimiyat uchun kurashda og‘a-inini, qarindosh-urug‘ bir-birini ayamaganligi hech 
kimga sir emas-ku! 
— Bobur mirzo o‘z ajdodlarining yog‘iylashgan davr-laridan emas, inoq bo‘lgan 
davrlaridan ibrat olmoqlari kerak! — dedi Eson Davlat begim. — Hazrati Amir Temurning 
bobokalonlari Qochuvli bahodir bilan hazrati Chingizxonning bobokalonlari Qobulxon inoq 
bo‘lish haqida ahdu paymon qilishib, po‘lot kitobga buni o‘yib yozdirgan ekanlar. 
— Xo‘p, bu ahdnomani kimlar mudom buzib kelmoqda, hazrat momo? Sohibqiron 
bobokalonimiz Amir Temur Jo‘jixon avlodidan bo‘lgan To‘xtamishxonga qancha 
yaxshiliklar qilganini bilurmisiz? 
— Bilurmiz, ammo... 
— Endi shoshmang! To‘xtamishxon nechun bu yaxshiliklarga yomonlik bilan javob berdi? 
Nechun Amir Temur davlatiga qarshi tajovuzlar qildi? Chunki To‘xtamishxon Oltin 
O‘rdaga xon bo‘lgandan keyin atrofidagi xushomadgo‘ylari uni hovliqtirdi. «Siz 
Chingizxon naslidansiz, sizning martabangiz Temurbeknikidan baland, davlatni faqat siz 
boshqarishingiz kerak, Temurbek lashkarboshi bo‘lib, sizga xizmat qilishi kerak!» degan 
aqidaga uni ishontirishdi!.. 
— Axiyri bu aqida To‘xtamishxonning boshiga yetdi, buni biz yaxshi bilurmiz, — dedi 
Eson Davlat begim. 
— Ammo siz aqidaning hali ham tirik ekanini bilmasangiz kerak, hazrat begim! — deb 
Qosimbek Boburga yon bosa boshladi: — Bizga kelgan maxfiy axborotlar bor. Tilba 
Sulton hazrati Mahmudxonga xushomadlar qilib, Ahmad Tanbalning sovg‘alarini berib, 
xuddi shu aqida asosida bizga qarshi qo‘shin yuborishga xonni ko‘ndiribdur! 
— Ayg‘oqchilarning axborotiga muncha inonmang, janob eshik og‘a, — deb e’tiroz qildi 
Ali Do‘stbek. — Hazrati Mahmudxon Tilba Sultonning aqli bilan ish qiladigan zaif tojdor 
emaslar. Ul zot bugungi Chig‘atoy ulusining eng qudratli sultonidurlar! 
— Bugungi Chig‘atoy ulusi? — hayron bo‘lib so‘radi Bobur. — To‘g‘ri, ona tomondan biz 
ham Chig‘atoyxonga avlodmiz. Men hazrat onamni ardoqlab, boshimga ko‘tarurmen. 
Ammo Chig‘atoyxondan ming yillar oldin Turon, Turkiston deb nomlangan muazzam 
zaminni hanuzgacha Chig‘atoy ulusi deb atashga hech bir asos ko‘rmaymen! Axir 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin