Kutubxonasi


  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov  www.ziyouz.com



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   318
yulduzli tunlar

2 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
Arxiyon qo‘rg‘onini qamal qilayotgan Bobur endi asosiy kuchlarini Kosonsoy tomonga 
burishga majbur bo‘ldi. U Ahmad Tanbalga keladigan har qanday ko‘makning yo‘lini 
to‘smoqchi, kerak bo‘lsa, tog‘asining o‘g‘li Xonikaxon bilan ham olishmoqchi edi. 
Bu xabar Axsida turgan Qutlug‘ Nigor xonimga va uning keksa onasi Eson Davlat 
begimga ham yetib bordi. Onalar tog‘a-jiyan orasida urush boshlansa juda ko‘p begunoh 
qonlar to‘kilishidan iztirobga tushib, avval Axsidan Kosonsoyga bordilar, Tilba Sulton 
bilan Xonikaxonni yaxshilikcha Toshkentga qaytishga undab ko‘rdilar. Biroq olti ming 
qo‘shinning kuchiga ishongan Tilba Sulton Mahmudxonning nomidan bir qancha og‘ir 
shartlarni o‘rtaga qo‘ydi: 
— Bobur mirzo qo‘shinini Andijon tomonga olib ketsinlar. Axsi bilan Sirdaryoning o‘ng 
qirg‘og‘idagi hamma joylar avvalgiday Jahongir mirzo ixtiyorida qolsin. Ana undan so‘ng 
biz qo‘shinni Toshkentga olib qaytgaymiz. 
Qutlug‘ Nigor xonim onasi bilan Kosonsoydan Namanganga, Bobur qarorgohiga keldilar. 
Sakkiz burchaklik katta oq o‘tovda Bobur o‘ng yoniga onasi va buvisini e’zozlab o‘tqazdi. 
Uning chap yonidan Qosimbek va Ali Do‘stbek o‘rin oldilar. Onalar keltirgan noxush 
xabardan otashin bo‘lgan Bobur kuyunib so‘z boshladi: 
— Biz Tanbal tufayli shuncha jabr ko‘rdik, ikki yil sargardon bo‘ldik, xon tog‘amiz bizga 
bironta ham navkarini yordamga yubormadi. Tanbal o‘z qilmishiga yarasha hamma 
joydan quvilib tor-mor bo‘layotgan paytda xonning olti ming qo‘shini uni qutqarish 
uchun tog‘ oshib yetib kelibdi! Buni qanday tushunmoq kerak, hazrat momojon? Qani bu 
yerda adolat?! 
Qutlug‘ Nigor xonim xon og‘asining qilmishidan xijolat bo‘lib yerga qaradi. 
Eson Davlat begim tomoq qirib qiynalib gapirdi: 
— Amirzodam, adolat siz tomonda. Lekin Mahmudxonning eshik og‘asi Tilba Sulton o‘ta 
mug‘ambir odamda. Xonni shu odam qo‘shin yuborishga ko‘ndirgan. Biz Kosonsoyda 
ular bilan so‘zlashdik. Maqsadlari urushish emas. Iningiz Jahongir mirzo bilan sizni 
yarashtirib qo‘yishmoqchi. 
— Men Jahongir bilan emas, Tanbal bilan olishmoqdamen. Mayli, Jahongir hali bola, uzr 
so‘rab kelsa u bilan yarashaylik. Ammo Tanbalni qamaldan bo‘shatmagaymiz! Bu qotil 
o‘z qilmishlari uchun javob bermog‘i kerak! 
— Biroq Tanbal Jahongirning otalig‘i-ku! Biri bilan yarashsangiz, ikkinchisi bilan ham 
yarashmog‘ingiz kerak bo‘lur, — dedi Ali Do‘stbek. — Bundan tashqari, Ahmad Tanbal 
ham Chig‘atoyxon avlodlaridandir. Xon tog‘oyingiz shuning uchun uning himoyasiga 
katta qo‘shin yubormishdir! 
— Ha, ana, kosa tagidagi nimkosa endi ko‘rindi!— dedi Qosimbek. — Mahmudxon 
hazratlari temuriylarga o‘gay ko‘z bilan qaraydirlar. Amirzodam, men buni ko‘pdan beri 
kuzatib yuribmen. Toshkentda, Buxoroda, Turkistonda sizning tarafdorlaringiz, bizga 
haqiqatni yetkazib turuvchi xufiyalarimiz bor. Ular Mahmudxonning Shayboniyxonga yon 
bosayotganligi bejiz emasligini ma’lum qilmoqdalar. Asli Chingizxon naslidan bo‘lgan bu 
xonlar hozir temuriylarga qarshi til biriktirganlar. Ular nafaqat Toshkentu Farg‘onada, 
balki butun Turonda Chingizxon avlodlarining hukmronligini qayta tiklamoqchilar! 
Bu gaplardan Qutlug‘ Nigor xonimning yuzi qizarib, ko‘zlari chaqnab ketdi: 
— Men ham Chingizxon naslidanmen! Siz bizni Mahmudxonga qo‘shib o‘g‘limiz Bobur 
mirzodan begona qilmoqchimisiz?! 
— Meni afvu eting, xonim hazratlari! Siz Bobur mirzoga Amir Temur qilichini, uning ruhiy 
madadini yetkazib berib, olijanob ishlar qildingiz!.. Salkam ikki yil barcha sargardonliklar 
azobini siz amirzodam bilan birga tortdingiz. Shunchalik qiynalgan paytlaringizda 
Mahmudxon og‘angiz sizga ham yon bosmadi-ku! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin