Kutubxonasi


SAMARQAND  HAL QILUVCHI OLISHUV



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   318
yulduzli tunlar

SAMARQAND 
HAL QILUVCHI OLISHUV 
1 
Bo‘stonsaroyning bir chetida rang-barang toshlar bilan sangfarsh* qilingan marmar 
hovuzli hammom bor edi. Kechki payt shu hammomga Sulton Ali mirzoning haramidagi 
eng chiroyli qizlar cho‘milishga keldilar. 
Hamomning ichida gilamlar va ko‘rpachalar to‘shalgan, shohona dasturxon tuzab 
qo‘yilgan maxsus bir xona bor edi. Bir vaqtlar Sulton Mahmud mirzo tirikligida shu 
xonadan qizlar cho‘miladigan bo‘lmaga maxfiy bir tuynuk ochilgan edi. 
Shahvoniyparastlik bilan dong chiqargan Sulton Mahmud mirzo o‘sha tuynukdan 
qizlarning cho‘milishini tomosha qilar edi. 
Sulton Mahmud mirzo o‘lib ketganiga besh yil bo‘ldi. Hammomda maxfiy tuynuk borligini 
uning o‘n yetti yashar o‘g‘li, hozir Samarqand taxtida o‘tirgan Sulton Ali mirzo yaqinda 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
bilib qoldi. Uni bu sirdan voqif qilgan Abu Yusuf Arg‘un haramga bir qancha chiroyli 
qizlar keltirib berib, yosh podshoning sohib ixtiyor, sirdosh bekiga aylandi. 
Hozir Sulton Ali mirzo qo‘lida may to‘la billur qadah bilan maxfiy tuynuk oldida o‘tiribdi. 
Marmar hovuzda qiy-chuv qilib cho‘milayotgan yalang‘och qizlar uning ko‘zlarini 
yondirib, vujudini jingak qilayotganday bo‘ladi. U tomog‘i quruqshaganda may xo‘plab 
qo‘yadi-yu, ammo ko‘zini tuynukdan olmaydi. 
Bir payt uning bu tomoshasiga kimdir xalaqit berdi. 
— Mirzo hazratlari, xufiyalar favqulodda xabar keltirmishlar. 
Sulton Ali mirzo Abu Yusuf Arg‘unning mayin ovozini taniydi-yu, ammo unga o‘girilib 
qaragisi kelmaydi: 
— Nima xabar bo‘lsa onamga aytavering. 
— Begim hazratlari meni sizga yubordilar, amirzodam! 
Sulton Ali mirzo endi Abu Yusuf Arg‘unga o‘girilib qaradi. 
Uning quyuq ta’zimi ham, pastki tishlari tushib ketgan kemtik og‘zining tabassumi ham 
ko‘ziga juda yomon ko‘rindi: 
— Janob bek, o‘zingiz-ku, bizga mehribonchilik ko‘rsatib go‘zal qizlar peshkash 
qildingiz... Endi nega orom olgani qo‘ymaysiz? 
— Mirzo hazratlari, saltanatingiz xavf ostida! Men shuning uchun oromingizni buzishga 
jur’at etdim! 
— Yana qanday xavf? Onam qayerdalar? 
— Devoni xosda sizga muntazirlar. 
Sulton Ali mirzo kayfini buzganlaridan achchig‘i kelib, qo‘lidagi qadahni mayi bilan 
marmar devorga otib urib chil-chil sindirdi. So‘ng barvaqt semirgan yo‘g‘on gavdasi 
kayfdan xiyol chayqalib, tashqariga chiqdi. 
Qorong‘i tushib qolgan edi. 
Devoni xosning kiraverishida ellik yoshlardagi qovoqlari qalin, jingalak soqolli bir bek qo‘l 
qovushtirib, bosh egib turibdi. Uy to‘rida tikka turgan Zuhra begimning yuzi qahrdanmi, 
qo‘rquvdanmi oqarib ketgan: 
— Amirzodam, siz ayshu ishrat bilan bandsiz. Xiyonatchilar poytaxtni yog‘iyga pinhona 
topshirmoqchilig‘idan bexabarsiz! 
Sulton Ali mirzodan norozi bo‘lib shaharni tashlab chiqqan mingdan ortiq bek va 
navkarlar Andijondan qo‘shin tortib kelgan Bobur bilan birga Darg‘om bo‘ylarida fursat 
kutib yurganlari ma’lum edi. Ammo Sulton Ali mirzo barcha darvozalarga eng ishonchli 
kishilarini qo‘yib, shaharni mahkam berkitib yotar edi. Shuning uchun onasiga zarda 
qilib: 
— Yana nima vahima? — dedi. 
— Menga ishonmasangiz, mana Muhammad Sulton janoblaridan so‘rang. Bu bek 
hozirgina Boburning qarorgohidan qochib kelmishlar. Shahar ichidagi fitnachilar bugun 
kechasi So‘zangaron darvozasini Boburga yashiriqcha ochib bermoqchi emishlar. Piringiz 
Xo‘ja Yahyo ham sizdan yuz o‘girib, Boburga tarafdor bo‘lgan emishlar. 
— Ishonmaymen! — deb Sulton Ali mirzo qo‘l qovushtirib turgan Muhammad Sultonga 
tikildi. 
— Amirzodam, gapim yolg‘on bo‘lsa bugun kechasi tekshirib ko‘ring! Men yog‘iylaringiz 
bilan Darg‘om bo‘yida ikki hafta yurdim. Xo‘ja Yahyoning rizoligini Bobur rosa o‘n bir kun 
kutdi. Nihoyat, bugun ertalab Mamadali kitobdor xo‘janing rizoligini olib boribdir. «Tun 
yarmida kelsinlar, shaharga kiritgaymiz», deganmish. Bobur bugun peshinda ishongan 
beklarini to‘plab, mashvarat o‘tkazdi. Xayriyatki, uning ishongan beklaridan biri, men — 
sizning sodiq qulingiz edim!.. 
Sulton Ali mirzo qovog‘i qalin bekka endi mamnun nazar tashladi-yu: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin