Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
davomida ko‘rmasangiz ham sog‘inmas edingiz... Balki men sizga munosib 
emasdurmen?.. Suymagan xotiningizning sizga ne keragi bor?! 
Bobur xotiniga ko‘ngilsizroq bo‘lib yurgan paytlarini esladi. Hozir ham Oyisha begimni 
birga olib ketishga urinayotgani — uni ortiq darajada suyganidan yoki usiz yashay 
olmasligidan emas, balki Oyisha begimni yaqinlashib kelayotgan xavf-xatar girdobiga 
tashlab ketishni o‘z sha’niga munosib ko‘rmaganidan edi. 
— Xonzoda begimni yog‘iyga oldirganimiz ozmi? — dedi Bobur. — Shuning malomati 
ham menga yetib ortadir, begim! Endi sizni bunday balolardan uzoqqa olib 
ketmoqchimen! 
— Hozir men uchun Toshkentdan tinch joy yo‘q! 
— Bu hammasi — muvaqqat tinchlik, inoning! Ko‘p o‘tmay Shayboniyxon bu yerga ham 
bostirib kelur! 
— Men egachimning qanoti ostida hech narsadan qo‘rqmaymen! Dargohingizdan adoi 
tamom bo‘lib kelib, egachimning yonida yana tirildim! 
— Mening dargohimda qiynalganingiz rost. Lekin... yaxshi kunlarimiz ham bo‘lgan edi-
ku!.. Insof bilan bir eslang axir!.. 
Oyisha begimning barcha alamlari yangilanib, xotirasi loyqalanib turgan shu daqiqalarda 
birorta yaxshi kun esiga tushmadi. 
— Dargohingizda qachon yaxshi kun ko‘ribmen, Mirzam! Mudom safar! Mudom tahlika! 
Mudom sarsonlik! Mudom bemehrlik! 
Bobur Oyisha begimdan bunchalik adolatsiz gap kutmagan edi. Axir u Samarqandni 
birinchi marta olganida Oyisha begim «najotkorimizga» deb sovg‘a yubormaganmidi? 
Keyingi g‘alabasida «faxrlanamen» deb shivirlagan kim edi? Bobur bularni eslab 
o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmadi-yu, xotiniga hayrat bilan tikilib: 
— Nahotki hammasini unutgansiz? — dedi. 
— Yo‘q, ko‘rgan azob-uqubatimni umrbod unutmasmen! 
— Faqat azob-uqubat?! 
— Bu ozmi? Oz bo‘lsa, xo‘rlanib yig‘laganlarimni ham unutmasmen! Endi qolgan umrimni 
egachimning duoi jonini qilib o‘tkazurmen. Sargardonlik bas! Xo‘rlik bas! Men ham shoh 
qizimen! 
Bobur oltin kamariga osilgan charm hamyonini titroq qo‘llari bilan ochib, nimanidir 
qidirdi, ammo topolmadi. So‘ng indamay tashqari chiqdi-yu, mulozimlari turadigan 
xonaga o‘tdi. 
Dastorpech ertaga bo‘ladigan qabul marosimi uchun Boburning shohona kiyimlarini 
sandiqdan olib, dazmollamoqda edi. Oltinlar, qimmatbaho gavharlar bilan bezatilgan 
ipak kiyimlar Bobur hozirgina xotini va qaynegachisidan eshitgan beandisha gaplar 
alamini yanada oshirib ko‘rsatganday bo‘ldi. Shuning ustiga Qosimbek Boburga ro‘para 
bo‘lib shikoyat qildi: 
— Xon shig‘ovuli ertangi qabul marosimida Jonibek Sultonni sizdan balandroqqa 
o‘tqazmoqchi emish! Bu ne surbetlik! Axir siz shohsiz! Nahotki dashtiy bir bekni sizdan 
ortiqroq e’zozlasalar?! 
Qosimbek hali ham o‘zini Boburning eshik og‘asidek tutar va uning obro‘-izzatini himoya 
qilishni o‘zining burchi deb bilardi. Xon bugun Boburni qabulxonasida muntazir qilib 
qo‘yib, Shayboniyxonning elchisi bilan shatranj o‘ynab o‘tirganda ham dashtiy sultonni 
jiyanidan baland qo‘ygan emasmidi? Bir kunda shuncha kamsitish!.. Ertaga bunday 
mayda-chuyda kamsitishlar yanada ko‘payishi aniq. Buning hammasiga chidab, sig‘indi 
bo‘lib yurishga bardoshi yetmasligini endi aniq sezgan Bobur: 
— Yo‘q! — dedi. — Hammasidan kechdim! Janob Qosimbek, men endi shoh emasmen! 
Kerak emas menga xon qabuli! Bas! Uloqtiring hammasini! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin