Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
275
ko‘rsatdi. 
Panipat zafari... Taqdir unga shunday ulkan g‘alabani nega Movarounnahrda bermadi? 
Vatanida jang qilsa, hech kim uni bosqinchilikda ayblay olmas edi-ku! 
Uzoqlarda qolgan Mohim begim esiga tushdi. Ko‘rmaganiga olti oydan oshyapti. So‘nggi 
marta suhbatlashganlarida Mohim begim bugungi dahshatlarni oldindan sezganday, 
qanchalik iztirobga tushgan edi!.. 
Boyagi kelinchakning: «Ket, bosqinchi! Ket!» deb qichqirgani uning qulog‘i ostidan 
ketmas edi. Bobur ichida: «Yorab, bu ne ko‘rgilik!» dedi-yu, xayolini boshqa biron narsa 
bilan band qilish uchun daftar-qalam oldi. Sevgan yoridan va tug‘ilib-o‘sgan diyoridan 
uzoqda u o‘zini behad tolesiz, baxtsiz sezgan paytlari ko‘p bo‘lar edi. Hozir ham shu og‘ir 
tuyg‘u yuragini chulg‘ab oldi. Bobur ko‘nglini daftariga bo‘shatgisi kelib, birinchi satrni 
yozdi: 
Tole’ yo‘qi jonimga balolig‘ bo‘ldi. 
U keng qirg‘oqlar orasidan tovushsiz jim oqib o‘tayotgan Jamnaga tikildi. Botib ketgan 
quyoshning quyuq shafag‘idan daryo suvi qizg‘ish ko‘rinadi. Boburning nazarida, daryo 
suvini shafaq emas, janglarda to‘kilgan qonlar qizartirib yuborganday tuyuldi. 
U iztirob bilan keyingi satrlarni yozdi: 
Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi, 
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, 
Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi! 
* * * 
G‘ira-shira qorong‘ilikda o‘ng qirg‘oqdan katta bir qayiq chiqib, kemaga qarab kela 
boshladi. Kemaning pastki qavatidan qo‘rchiboshi: 
— Kim u qayiqdagi? — deb so‘raganini Bobur ham eshitdi-yu, qayiqqa tikilib qaradi. 
Qayiqning oltitami-sakkiztami eshkagi bor edi. 
— Mirzo Humoyun hazrati oliylarining huzurlariga ijozat so‘raydilar! — deb javob berdi 
qayiqdan yo‘g‘on bir tovush. 
Humoyun bilan ko‘pdan beri yakkama-yakka suhbatlasha olmagan Bobur bugun o‘g‘li 
bilan bir dardlashgisi keldi-yu, pastdan savdarni chaqirdi: 
— Ayting, Humoyun tolorga chiqsin! 
Ko‘p o‘tmay tolor zinasida vazmin qadam tovushlari eshitildi. Humoyun eshikdan 
kirganda Bobur uning chaqnagan navqiron ko‘zlariga, endi lab ustini qoplagan nozik 
mo‘yloviga, kuchga to‘lib turgan xipcha, sog‘lom gavdasiga havasi kelib tikildi. Boburni 
qiynayotgan iztirobli tuyg‘ular, uni behalovat qilgan issiqlar Humoyun uchun go‘yo yo‘q 
edi. «O‘n sakkiz yoshimda men ham shunday yigit edim-a, endi nimam qoldi?» degan 
o‘ydan Boburning ko‘ngli qattiq ezildi. 
Ota-bola ko‘rishib-so‘rashganlaridan so‘ng, Humoyun otasining ro‘baro‘siga cho‘kka 
tushdi-da, kulimsirab qo‘ynidan chiroyli sadaf quticha oldi. 
— Hazratim, shuni bir ochib ko‘ring. 
Bobur qutichani qo‘liga olib shoshilmay ochdi. Qora baxmal mato orasidan olmosga 
o‘xshash serjilva bir tosh yulduzday charaqlab ko‘rindi. Lekin toshning yong‘oqday 
kattaligiga qarab, Bobur uning olmosligiga ishongisi kelmasdi. Juda ko‘p xazinalarni va 
xilma-xil javohirlarni ko‘rgan Bobur bunchalik katta olmosni hali uchratmagan, olmos 
donasining bu qadar ulkan bo‘lishini tasavvur ham etmas edi. 
— Bu qanday javohir? — deb so‘radi Bobur o‘g‘lidan. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin