Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
286
ko‘rgan edingiz. O‘lmasak, ushbu yerda Samarqandu Hirotning eng mashhur bog‘u 
chorbog‘laridan ham go‘zalroq bog‘lar, ko‘shklar barpo etilganini ko‘rurmiz. Samarqandu 
Hirotda inqirozga yuz tutgan madaniyatni biz endi hind madaniyatiga qo‘shib yuksaltira 
olsak... Shuning hammasi bizdan nomu nishon bo‘lib, avlodlar xotirasida qolmasmi, bek? 
— Hazratim, niyatlaringizning ulug‘ligiga tasanno ayturmen. Lekin vatanimizda qilmagan 
nek ishlarni begona yurtda qilsak, kim buning qadriga yetur? Ne qilsangiz ham biz 
kelgindi fotihlarmiz. «Bular yigitlarimizni jangda o‘ldirib, kishvarimizni zo‘rlik bilan 
olgan», deb ta’na qilmaslarmi? Paytini topganda qasos olmaslarmi? 
Bobur og‘ir «uf» tortdi-yu: 
— Ne qilay? — dedi. — Men shu orzularni vatanimda ro‘yobga chiqaray deb ozmuncha 
olishdimmi? 
— Sizdan oldin Hindistonni fath etgan Mahmud G‘aznaviy katta o‘ljalar olib, kerakli 
hunarpeshalarni G‘azniga olib ketib ishlatgan. Ana!... 
— Nahotki siz mening Mahmud G‘aznaviyga o‘xshashimni istarsiz? 
— Gustohligim uchun ma’zur tuting! 
— Axir biz mamlakatni talab, boyliklariniyu hunarpeshalarini olib chiqib ketadigan 
qaroqchilar emasmiz-ku! 
— Bir she’ringizda o‘z yerimizni qo‘yib Hind sari yuzlanganimizni yuzi qarolik deb atagan 
emasmidingiz, hazratim? 
— Atagan bo‘lsam, endi yuzimizga tekkan qaroni yuvib tashlash harakatidamen! Agar 
biz ham Xisrav Dehlaviydek shu mamlakatga farzand bo‘lsak, butun aqlu zakovatimizni 
unga baxsh etsak, aminmenki, kelajak avlodlar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lg‘usidir! 
Xo‘ja Kalonbek munozara yo‘li bilan Boburga so‘zini o‘tkazolmasligini endi aniq sezdi. 
— Hazratim, sizning metin irodangiz bor, — deb endi Boburni maqtab yumshatishga 
tirisha boshladi. — Sizning boshingizga tushgan kulfatlar boshqa odamning boshiga 
tushsa, bardosh berolmas edi. Lekin siz hammasiga bardosh beribgina qolmay, yana 
shunday ulkan ishlar qilmoqchisizki, bunga jahon tahsin o‘qig‘usidir. Yillar o‘tgan sari 
men sizning ulug‘ bir siymo ekanligingizni tobora aniq sezmoqdamen. Mana hozir ham 
sizning yoningizda xuddi ulkan tog‘ cho‘qqisining domonasidagi kichik bir tepachadek, 
o‘zimga-o‘zim ojiz ko‘rinib ketdim. 
Xo‘ja Kalonbek ovozi hayajondan titrab, ko‘zi alamdanmi, o‘ksinishdanmi chaqnab 
gapirmoqda edi. Buni ko‘rgan Bobur uning ko‘nglini ko‘targisi kelib, Dehlaviyning bir 
satrini eslatdi: 
— «Asli kas az kas naboshad kam chu jumla az odamand»*. 
— Lekin besh qo‘l barobar emas, hazratim... Mening ahvolim o‘zimga ma’lum. Siz 
ko‘targan ulug‘ yukka yelkamni tutsam, mayib bo‘lurmen. Meni besh-olti yil tirik yursin 
desangiz, ruxsat bering G‘azniga boray. Mahmud G‘aznaviydan qolgan o‘sha eski bandni 
tikla-tib, cho‘lni obod qilay. Bu ishning butun savobini sizga bag‘ishlay. 
Bobur bu so‘zlarga e’tiroz qilmay, o‘ylanib qoldi. Xo‘ja Kalonbek ko‘zlagan maqsadiga 
yetkazadigan yo‘lni endi topganini sezdi-yu, shosha-pisha so‘zida davom etdi: 
— Hazratim, iltimosimni qabul eting! Umrimning oxirida duoi joningizni qilib orom olay. 
O‘lsam, jasadimni G‘azniga qo‘ysinlar. Harna vatanimizga yaqinroq bo‘lg‘aymen. 
Bobur Xo‘ja Kalonbekning ko‘zi namlanganini ko‘rdi-yu, o‘zining Humoyunga tayinlagan 
bir gapi esiga tushdi: «Urushda qon kechib yuribmiz, mabodo vafot etsam, meni 
Kobulga eltib ko‘mgin» degan edi Bobur. Xo‘ja Kalonbek ketsa, ular yana diydor ko‘risha 
olarmi-kinlar? Shu o‘y ta’sirida Boburning ham ko‘ngli buzilib, ovozi tovlanib eshitildi: 
— Ketingizdan boshqa bek-navkarlar ergashsa... men kim bilan qolg‘aymen? 
— Hamma beklar bilan o‘zim gaplashurmen, «podshoh G‘aznidagi bandni tiklash 
uchungina ruxsat berdilar», dermen. Hech kim menga ergashmaydigan qilib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin