Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
Tanbal kecha zargarlarni talatganini eslab, ko‘zlari bir bejo bo‘ldi. Ammo o‘zini osoyishta 
ko‘rsatib: 
— So‘zingiz to‘g‘ri, Mirzo hazratlari, — dedi. Biroq shuncha jangu jadal bilan olgan 
shahrimizdan ozgina o‘ljador bo‘lishga nahotki haqqimiz yo‘q? Axir g‘oliblarning o‘lja 
olishi ota-bobolarimizdan qolgan rusum-ku! 
Tanbalning gapi navkarlar orasida turgan Xonqulibekka juda yoqib tushgani uning 
kulimsirab bosh irg‘aganidan bilindi. Ko‘pchilik navkarlar ham Ahmad Tanbalni haq deb 
bilar edi. Samarqanddan durust o‘lja ololmagan beklarning barchasi norozi bo‘lib yurgani 
ma’lum edi. 
Shu topda Bobur o‘zini ikki o‘t orasida qolganday sezdi. Beklaru navkarlarning ko‘ngliga 
qaray desa, bu yoqda raiyyat ocharchilikdan o‘lyapti. Raiyyatni ochlik changalidan 
qutqazay desa, beklaru navkarlar: «Bular nega bizning nasibamizga sherik bo‘ladi?» 
deb dod soladi. 
Bobur Qosimbekka umid bilan ko‘z tikdi-yu: 
— Ocharchilikka faqat Boysunqur mirzo sababchimi?— dedi. — Agar biz shaharni yetti oy 
qamal qilmasak, bu baxtsizlik bo‘lmasligi mumkin edi-ku! 
Qosimbek Boburning Tanbal qarshisida yakkalanib qolishini istamadi-yu, munozarani 
tezroq tugatishga tirishdi: 
— Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq novvoylarga un berib, 
ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z zimmamga olurmen! 
Bobur Qosimbekka minnatdorona ko‘z tashlab: 
— Gap tamom, — dedi. So‘ng Javhariyga yuzlandi.— Qani endi sahhoflar* rastasiga 
o‘taylik. 
Javhariy ularni qing‘ir-qiyshiq bir ko‘chaga boshlar ekan, Ahmad Tanbal, qovoq-
tumshug‘i osilib, Boburning ketidan ergashdi. Keng bir sahnga chiqdilar. Yopiq turgan 
sahhoflik do‘konlari ko‘rindi. Ikki do‘kon oralig‘idagi ikki tavaqalik darvoza ichidan avval 
qandaydir shovqin eshitildi, so‘ng oyoq yalang, bosh yalang bir kampir dod solib chiqdi: 
— Voy bolamni o‘ldirgan xudoning o‘zi o‘lsin! Och qolib shishib o‘lsin! 
Kampirning ketidan o‘rta yashar ozg‘in bir erkak yugurib chiqdi-yu, otliqlarni ko‘rib, 
qo‘rqqanidan bir lahza ag‘rayib turib qoldi. Kampir hamon bor ovozi bilan baqirib xudoni 
qarg‘ardi: 
— Xudoning o‘zi qamalda qolib o‘lsin! Iloyo mening bolamday ochdan o‘lsin! O‘lsin!!! 
Javhariy otini erkak kishi tomonga burib: 
— Mulla Qutbiddin, nima bo‘ldi? — deb so‘radi. 
Mulla Qutbiddin endi hushini yig‘ib, kampirga qarab chopdi. Ozg‘ingina, madorsiz 
kampirni sudrab hovliga olib kirib ketdi-da, entikib qaytib chiqdi. Qo‘l qovushtirib otliqlar 
tomonga kelar ekan: 
— Afv etgaysizlar, — dedi. — Og‘amning zaifasi farzand dog‘idan telba bo‘lib qoldi. 
Bechoraning o‘g‘ilchasi ochlikdan kunjara yegan ekan, shishib o‘ldi. 
Og‘ir sukunatda Boburning: 
— Yana bu sho‘rliklardan o‘lja olmoqchi bo‘lurlar!— degan kinoyali so‘zlari eshitildi-yu, 
Ahmad Tanbal bilan Xonqulibekka o‘qday tegdi. 
Mulla Qutbiddin Samarqandning taniqli sahhoflaridan edi. Mavlono kim kelganini 
sahhofga sekin aytdi. Mulla Qutbiddin ko‘pdan beri ochilmagan do‘konini shosha-pisha 
ochdi. Bobur otdan tushib, mavlono bilan birga do‘konga kirdi. Mulla Qutbiddin bisotida 
bor eng nodir kitoblarni bir-bir olib, changlarini artib, Boburga ko‘rsata boshladi. 
Qimmatbaho zarhal muqovalar ichida Mahmud Koshg‘ariy, Abdurahmon Jomiy... 
Sharafid-din Ali Yazdiyning Behzod suratlari bilan bezangan «Zafarnomasi»... 
Abdurazzoq Samarqandiy... Ha, mana. Navoiyning «Mezonul avzoni». Bu kitobni Bobur 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin