Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
— Ha, yoshimiz Alisherbek bilan teng edi, ammo faqir u zotni ustoz o‘rnida ko‘rur edim, 
mudom ash’orlarimni o‘qib berib, maslahat olur edim. Unutmagan ekanlar, «Majolisun 
nafois» nomli kitoblarida faqirni ham tilga olmishlar. 
Soqollari oppoq, qoshlariga ham oq tushgan Javhariy hozir Boburning havasini keltirdi. 
Qani u ham Navoiyning nazari tushgan shoirlardan bo‘lsa! Ammo Bobur hali mashq 
she’rlar yozishdan nariga o‘tgan emas, ularni birovga ko‘rsatishga uyaladi. Shunday 
bo‘lsa ham katta shoir bo‘lish orzusini hech tark etmaydi. Mana shu orzuning ta’sirida 
bugun Bobur o‘ziga yo‘l ko‘rsatuvchilikka Samarqandning mashhur beklarini emas
Navoiyni ko‘rgan mo‘’tabar shoirni taklif qilgan edi. 
Javhariy ularni novvoylar mahallasiga boshladi. Ko‘chalar allanechuk huvillagan. 
Bosilmagan qor otlarning tizzasiga chiqadi. Soya joylarda izg‘irin yuzni yalab o‘tsa ham, 
oftob tushib turgan paxsa devorlar va tom bo‘g‘otlari erigan qordan ho‘l bo‘lib borar edi. 
Bobur tomlarga qaradi. Birortasi kuralmagan. Tom kurayotgan bironta odam 
ko‘rinmaydi. Novvoylik rastasiga kelsalar, qator do‘konlarning hammasi yopiq. 
Boburning taajjubi ortib, Javhariyga qaradi: 
— Mavlono, novvoylar ko‘chib ketganmilar? 
Mirzo hazratlari uch oydirki, rastaga non chiqmaydi. Chunki un yo‘q. Qamalda ko‘p 
novvoylar ochdan o‘lib ketdi. Odamlar holdan toygan. Tomga chiqib qor kurashga ham 
madorlari yo‘q. 
Bobur bunga sababchi bo‘lgan odamdek o‘ng‘aysizlanib Qosimbekka qaradi. Qosimbek 
esa shoirga kesatibroq gapirdi: 
— Novvoylarning tirik qolganlari ham bordir, mavlono? 
— Albatta, bor. Lekin yordamga muhtoj. Qani, endi amirzodam buyursalaru novvoylarga 
un berilsa. Rastalar yana ochilsa, Samarqandning mashhur nonlaridan odamlar to‘yib 
yesa. 
Bobur Javhariyning aytganini qilmoqchi bo‘layotganini sezib, Qosimbek buning oldini 
olishga intildi: 
— Amirzodam, bizda ham oshliq oz qoldi. Qo‘shinga zaxira kerak. Rastalarga hozir un 
berolmasmiz. Balki keyinroq... 
Keksa shoir Boburga umid bilan qarab turibdi... Shu payt uning qora movut chakmonimi
xiyol egik yelkasimi, kalta qirqilgan soqolimi, nimasidir Boburga Navoiyning Behzod 
chizgan rasmini eslatdi. Bobur mavlononi noumid qilsa, Navoiyning umidini ham 
oqlolmaydiganday bo‘ldi. U Qosimbekka buyruq ohangida gapirdi: 
— Biz unni rastalarga emas, novvoylarga bermog‘imiz kerak. Ishonchli bir kishi nazorat 
qilsin, novvoylar non yopib, bizning nomimizdan ochlarga tarqatsinlar. Besh-olti qop un 
bilan qo‘shin zaxirasiz qolmas. Jizzaxga yuborilgan karvon erta-indin oshliq olib 
qaytgusi! 
— Saxovatingizga ofarin, Mirzo hazratlari! — deb Boburning so‘zlariga faqat Javhariy 
quvonch bildirdi. 
Semiz to‘riq ayg‘irning jilovidan tortib turgan Ahmad Tanbal mavlonoga qarab 
po‘ng‘illadi: 
— Amirzodam Boysunqurdan qolgan ochlarning qaysi biriga oshliq yetkazsinlar? Biz 
bularni boqishga keldikmi? 
Ahmad Tanbal, «amirzodam» deb, go‘yo Boburga jon kuydirib gapirgan bo‘lsa ham, 
aslida Boburning hozirgi buyrug‘idan noroziligi sezilib turardi.
Ahmad Tanbal O‘shda Xonzoda begimga odam qo‘yib niyatiga yetolmaganidan beri 
Boburga qarshi adovati avvalgidan o‘n hissa ortiq bir kuch bilan xuruj qilmoqda edi. 
— Janob Ahmadbek, — dedi Bobur. — Biz Samarqandni boqish uchun kelmagan bo‘lsak, 
talash uchun ham kelgan emasmiz! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin