116
Tayanch tushuchalar: Rejalash, sodda yoki murakkab, ob’ekti,
predmeti,
kombinatsiyalashgan
reja,
boblar,
paragraflar,
titul
varag’I,
mundarija,kirish,asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar.
Ilmiy ish rejasi jamuljam holida uning mohiyatini aks ettiradi. Bu
muallif aytmoqchi bo’lgan narsaning sxematik ifodasidir.
Reja tadqiqot jarayonida o’zgarishi mumkin, chunki ob’ektni o’rganish va
ilmiy vazifa yechimining yangi jihatlari topilishi mumkin.
Rejalash sodda yoki murakkab bo’lishi mumkin. Sodda reja asosiy masalalar
ro’yxatini o’z ichiga oladi. Murakkab rejada har bir bob paragraflarga bo’linadi.
Ba’zan kombinatsiyalashgan reja tuziladi, unda
ayrim boblar paragraflarga
bo’linadi, boshqalari esa qo’chimcha ruknlarsiz qolaveradi.
Tadqiqot dasturi bu aniq mavzu ustidagi bo’lg’usi ishning mohiyati va
tarkibiy qismlari haqidagi aniq tasavvurdir.
Faoliyatni rejalashtirishning protsessual tuzilmasi
Bir xillikni aniqlash, faoliyat uchun foydalanish mumkin bo’lgan
imkoniyatlar va resurslarni, shuningdek rivojlanish istiqbollarini belgilash.
Faoliyat mazmunini belgilash, u ideal ma’naviy ehtiyojlarni qondirish va
jamiyatning faoliyat yuritishini optimallashtirish, umumiy manfaatlarni ko’zlab har
bir kishi va har bir odamlar guruhining erkin o’zini o’zi rivojlantirishi va o’z
imkoniyatlarini o’zi amalga oshirishi uchun optimal shart-sharoitlarni
yaratishdan
iborat bo’ladi. Bunda faoliyat ob’ektini va predmetini (ob’ektga nuqtai nazar)
belgilash
muhimdir.
Tanlangan mazmun faoliyat strategiyasi va mazmuni bo’ladi.
Faoliyat maqsadlarini topish (taktika): aniq vazifalarning bosqichma-bosqich
amalga ochirilishi.
Faoliyat tamoyillarini
belgilash:
tarixiylik, politsentrizm, ko’p o’lchamlilik,
an’analar
va yangilanishning birligi, integratsiya va differensiatsiyaning o’zaro
aloqasi,
qadriyatlar
borasidagi
bag’rikenglik, dialogchilik, legitimlilik,
insonparvarlik. Faoliyat
yo’nalishlarini tanlash: faoliyat ob’ekti va predmetiga
qarab tanlanadi va unga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi kerak yoki,
juda bo’lmaganda, ob’ektning eng muhim tomonlariga daxl qilishi lozim.
Faoliyat vazifalarini ifodalash: faoliyat nihoyasida
kutilgan natijalarni olish
uchun yechilishi lozim bo’lgan aniq muammolar va masalalar va faoliyatning
strategik mazmunining tegishli yo’nalishlarda mujassamlashtirilishi
Dostları ilə paylaş: