Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Imonim komilki, bu ishni kelajakda davom ettiruvchi biz zikr qilmagan ko‘p 
ma’lumotlarni topadi, inshoalloh. Alloh taolo O’zi yaxshi ko‘rgan va O’zi rozi bo‘ladigan 
ishlarga bizlarni muvaffaq qilsun, payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)ga va ul zotning 
ashoblariga salovotu salomlar bo‘lsin. 
Ushbu kitobning musahhihi – Yaratuvchi 
rabbining bandasi 
Muxtor Abdulloh al-Buxoriy so‘zlari 
Solih amallarni O’z ne’mati bilan nihoyasiga yetakazadigan Allohga hamd bo‘lsin! 
Alloh taolo Qur’on oyatlarini nozil qilgan Payg‘ambarimizga, ilm bulog‘i, yaxshiliklar 
manbai bo‘lgan ul zotning avlodlari va sahobalariga salomu salovatlar bo‘lsin. 
Samarqand Usmon Mushafiga taalluqli rivoyat va xabarlarning duru javohirlarini o‘z 
ichiga olgan, ushbu nodir kitob bosmadan chiqdi. U tarix sahifalariga zarhal harflar bilan 
yozilishga va qalblarga nur ila kirishga loyiqdur. Chunki, u asrlar davomida odamlar 
nazaridan uzoqda bo‘lgan va ular ko‘zidan yashirilgan Usmon Mushafi shariflarining 
yuzidan pardani ko‘tardi. Kitobni 1391 hijriy yilda O’rta Osiyo va Qozog‘iston 
musulmonlari diniy idorasining rais noiblari shayx Ismoil Maxdum bin shayx Mullo Sotti 
Oxund Namangoniy tasnif qildilar. Kitob O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy 
idorasining mablag‘iga Toshkent xukumat bosmaxonasida chop qilindi. 
Alloh Subhonahu va taolo 
u orqali musulmonlarni naf’lantirsin. 
Omin! 
(Kitobning tarjimasi 1995 yil 8 martda nihoyasiga yetdi). 
MUALLIF HAQIDA 
Shayx Ismoil Maxdum 1893 yil Namangan shahrida diniy oilada tavallud topdilar. 
Otalari Mullo Sotti Oxund Mullo Abduroziq Oxund o‘g‘li o‘z zamonasining mashhur 
ulamolaridan bo‘lib, Namangan shahrida uzoq yillar Hazrati Hizr masjidida imomlik qilib, 
masjid qoshidagi madrasada dars ham berganlar. Oilada besh o‘g‘il, uch qiz bo‘lib, 
Ismoil Maxdum ikkinchi farzand edilar. Akalari Ibrohim Maxdum va ukalari Ishoq 
Maxdumlar ilm sohiblari bo‘lish bilan birga murattab qoriy sifatida O’zbekistonning bir 
qancha masjidlarida uzoq yillar davomida imom-xatiblik vazifasida xizmat qilishgan. 
Ismoil Maxdum boshlang‘ich ma’lumotni o‘z otalari va mahalliy diniy maktabda oldilar. 
O’n uch yoshlarida Namangondagi mashhur G’ofir qori domlada Qur’oni Karimni to‘la 
hatm qilib, yod oldilar va ko‘zga ko‘ringan hofizi Kalomullohlardan bo‘ldilar. Mullo Qirg‘iz 
madrasasida tahsil ko‘rgan talabalar orasida o‘zlarining zehn va muhofaza quvvatlari 
bilan ajralib turar edilar. Ismoil Maxdum mashhur Sobitxon To‘ra va boshqa ustozlardan 
tafsir, hadis, fikh, sarfu nahv va balog‘at fanlaridan dars oldilar. 
1943 yili Urta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasini tashkil qilishda
masjidlar va 1974 yilga qadar sobiq Sho‘rolar ittifoqida yagona diniy o‘quv yurti bo‘lgan 
Buxoro “Mir Arab” madrasasini ochishda Ismoil Maxdum faol qatnashdilar. 1943 yilda 
diniy idoraning birinchi raislari muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon 
boshchiliklaridagi birinchi haj safarida ishtirok qildilar. Bu Sho‘rolar davrida ruxsat 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin