Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son
234
N.Zokirovaning fikricha, aholi pul daromad-
lari va iste’mol narxlari o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’-
lumotlar asosida iste’mol narxlari o‘sishidan
aholi
daromadlari elastiklik koeffitsiyentini hisoblash
mumkin. Bunda fikrimizcha, ikkala elastiklik xususi-
da gapirish mumkin: bir tomondan, daromadlarning
ortishi iste’mol narxlarining oshishi ish haqi, nafaqa
va tushumlarning oshishiga olib keladi [7].
O‘zbek milliy statistikasining ham nazariy,
ham amaliy tomondan shakllanishida
ilmiy-uslubiy
manba bo‘lib xizmat qilgan, prof. N.M.Soatov tahriri
ostida chop etilgan “Statistika asoslari” darsligida
“Aholi turmush darajasi sotsial-iqtisodiy kategoriya
bo‘lib, u kishilarning moddiy va madaniy-maishiy
ehtiyoji qondirilishi hamda
sotsial turmush sharoi-
tining yaxshilanib borishi kabi tushunchalarni o‘z
ichiga oladi” deb ta’rif berilgan [8].
Q.X.Abdurahmonov va boshqalar “Aholi sta-
tistikasi” nomli o‘quv qo‘llanmada “Turmush daraja-
si deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda
ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi” deb ta’rif
berishgan [9].
Respublikamizda bugungi kunda aholining
pul daromadlari asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
ish haqi;
turli mulkchilikka
asoslangan korxonalar-
dan olinadigan ish haqi ko‘rinishidagi tushumlar
(moddiy yordam, korxonadan bo‘shab ketishda
beriladigan to‘lovlar va h.k.);
nafaqalar, stipendiyalar;
mulkdan olinadigan daromadlar (turar joy,
ko‘chmas mulk, yer va boshqa aktivlarni ijaraga be-
rishdan
olinadigan foiz, renta, dividend, daromad-
lar);
xorijiy mamlakatlardan
olinadigan daro-
madlar (ish haqi, nafaqa, stipendiya, grantlarning
yuborilishi, xayriya, insonparvarlik yordami va shu
kabilar).
Dostları ilə paylaş: