Tadqiqot metodologoyasi. Tadqiqot jarayo-
nida ilmiy tahlilning umumiy uslublari, shuningdek,
maxsus statistik uslublar: tanlanma kuzatish, anke-
ta orqali tekshirish, statistik guruhlash, iqtisodiy
indekslar, dinamika qatorlari, korrelyatsion-regres-
sion tahlil va boshqa usullardan keng foydalanilgan.
Tahlili va natijalar. Respublikamizda aholi
turmush darajasini oshirish yo‘llarini statistik
usullarda tahlil qilish va baholash yuzasidan amaliy
taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu
maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar
belgilandi va hal etildi:
− xorijiy, mahalliy olimlar va mutaxassislar-
ning “aholi turmush darajasi” tushunchasiga bergan
ilmiy ta’riflarini umumlashtirish, qiyosiy o‘rganish,
tahlil etish asosida mazkur tushunchaning ilmiy
asoslangan yangi mazmunini ishlab chiqish;
respublikamizda aholi turmush darajasini
baholovchi asosiy yo‘nalishlarni belgilash;
aholini turmush darajasini ifodalovchi sta-
tistik ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish va statistik
tahlil qilish;
respublikamiz va uning hududlarida aholi
pul daromadlari, ularning hosil bo‘lish manbalarini
statistik tahlil qilish;
respublikamizdagi aholi pul xarajatlari va
jamg‘armalarini statistik tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi aholisining tur-
mush darajasidagi tafovutning o‘ziga xos xususi-
yatlari ochib berilgan va nazariy jihatdan o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasi aholisining tad-
birkorlik faoliyatidan olgan daromadlarining oshi-
shiga ta’sir etuvchi omillarni tizimlash;
O‘zbekiston Respublikasi aholisining joriy
daromadlari, xarajatlari dinamikasi va darajasini
statistik o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasi aholisining ish
bilan bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish
o‘rinlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning
asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish;
O‘zbekiston Respublikasi aholisining daro-
madlari va turmush sifatini oshirish bo‘yicha taklif
va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bizning fikrimizcha, aholi daromadlari tur-
mush darajani ifodalovchi muhim ko‘rsatkich bo‘lib-
gina qolmay, balki aholining ish bilan bandlik da-
rajasi, ishchi kuchining harakati va taklifi hajmini
aniqlovchi omil sifatida ham ko‘riladi.
Aholining daromadlari ko‘rsatkichlariga pul
va natura shaklidagi daromadlarning barcha turlari,
ularning manbalaridan qat’i nazar kiritiladi.