Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son 232


-jadval  Aholi daromadlari guruhlari va ularning elementlari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix14.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#68965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-jadval 
Aholi daromadlari guruhlari va ularning elementlari 
№ 
Daromadlar guruhi 
Daromad manbayi 
1. 
Ish haqi 
Asosiy ish joyidan daromad; Asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad; Harbiy xizmatchilar pul 
mablag‘lari; Mavsumiy daromad; Boshqalar 
2. 
Mehnat natijalarini 
sotishdan daromad 
Fermerlik daromadi; Shaxsiy tomorqadan daromad; 
Uy xo‘jaligidan tushgan daromad; Gonorar; Boshqalar 
3. 
Tadbirkorlik faoliyatidan 
olinadigan daromadi 
Tadbirkorlik faoliyatidan daromadi; Boshqalar 
4. 
Kapitaldan daromad 
Aksiyalardan olinadigan dividendlar; Ijara haqi; Kapital foydasi; Qo‘yilmalardan olinadigan foizlar; 
Boshqalar 
5. 
Tavakkalchilikdan tushgan 
tushum 
Sug‘urta tavakkalchiligidan to‘lov; Obligatsiyalar bo‘yicha yutuqlar; Lotoreya yutuqlari; Sport 
musobaqalaridan yutuqlar; O‘yinlardagi yutuqlar; Har xil konkurslardan yutuqlar; Boshqalar 
6. 
Qoldiriladigan daromad 
Meros; Sovg‘a; Homiylik yordami; Aliment; Muallif merosxo‘rlariga qoladigan daromad; Boshqalar 
7. 
Ijtimoiy daromad 
Vaqtincha ishga layoqatsizlik uchun to‘lov; Homiladorlik va tug‘ishdan keyingi to‘lov; Bola 
tug‘ilishidagi to‘lov; Nogironlik nafaqalari; Boshqalar 
8. 
Qarz daromadlar 
Bank kreditlari; Korxona kreditlari; Shaxslardan olingan qarz summalari; Boshqalar 
9. 
Boshqa daromadlar 
Boshqalar 
DEMOGRAFIYA VA MEHNAT IQTISODIYOTI 


Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son
236
Aholi daromadlarining bir qismi moddiy faro-
vonlikni ta’minlashga, boshqa qismi esa xizmatlar-
dan foydalanish uchun sarflanadi. Ehtiyojlar tarki-
biga pul daromadlarining oshishigina emas, balki 
aholi tarkibining o‘zgarishi, uning ilmiy-madaniy 
saviyasining o‘sishi ham ta’sir etadi. Iqtisodiy ada-
biyotlarda aholi daromadlari foydalanish darajasiga 
qarab nominal, ixtiyordagi va real daromadlarga 
ajratiladi. Nominal daromadlar soliq, narxlarni hi-
sobga olmagan holdagi pul daromadlari miqdorini 
tavsiflaydi. Ixtiyordagi daromadlar soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlar hisobdan chiqarilgandan keyin 
nominal daromadlardir. Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi 
shaxsiy va oilaviy daromadlarning shakllanishida 
muhim rol o‘ynaydi. Jamiyat rivojlanishining mu-
rakkab ijtimoiy-iqtisodiy davrida shaxsiy tomorqa 
xo‘jaligi aholining ba’zi guruhlari uchun asosiy da-
romad manbayi bo‘lib qoladi. 
Oilaning umumiy daromadlarini tahlil etishda 
quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblab chiqiladi: ovqatla-
nish xarajatlari; nooziq-ovqatlarni sotib olish xara-
jatlari; maishiy xizmat, soliq, yig‘imlar, to‘lovlar xa-
rajatlari; naqd pul, jamg‘arma banklariga qo‘yilgan 
jamg‘armalar, chorva, parranda va boshqa tabiiy 
ko‘payishi natijasida jamg‘armalarning oshishi. 
Shuningdek, ta’lim olish, tibbiy xizmat qiy-
mati va uy-joy uchun dotatsiyalar ham, qo‘shilgan 
umumiy daromadlar miqdori ham hisoblab chiqi-
ladi. Bu ko‘rsatkichlardan, odatda, xalqaro taqqos-
lashda foydalaniladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin