Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son 232



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix14.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#68965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xulosa va takliflar. 
Aholining ijtimoiy tur-
mush sharoiti jamiyatning barcha a’zolariga mehnat 
qilish, dam olish, har tomonlama jismoniy va mada-
niy rivojlanishni ta’minlash hamda mehnat sharoiti-
ni yaxshi tashkil etish, kishilar salomatligi va meh-
nat qilish qobilyatini saqlashni kafolatlash, vaqtin-
chalik ish qobilyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy ta’mi-
not, nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan kam daro-
madli oilalarning ijtimoiy himoyalanishini ifodalay-
di. Turmush darajasi aholi hayot faoliyatining ma’-
lum bir qirrasi to‘g‘risida tasavvur beradigan ko‘r-
satkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi 
to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun aholi daro-
madlari va ehtiyojlari, iste’mol darajasi va tarkibi, 
uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va 
boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanganlik darajasi-
ni chuqur o‘rganish lozim. Aholining moddiy faro-
vonlik darajasiga ko‘ra, tabaqalanishini o‘rganish 
usullaridan biri aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
pul daromadlari darajasi bo‘yicha taqsimlash hisob-
lanadi. Bunda o‘rtacha jon boshiga pul daromadlari 
hisobot davridagi pul daromadlari umumiy summa-
sini mavjud aholi soniga bo‘lib aniqlanadi. 
Bizning fikrimizcha, kelgusida aholi turmush 
darajasini oshirish va ijtimoiy himoyalashni kuchay-
tirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib 
borilishi zarur: 
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kam 
ta’minlangan va balog‘at yoshidagi bolalari bor 
oilalarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari ishlab chiqildi. Kam ta’minlangan va bolali 
oilalarga ijtimoiy yordam aniq berilishini kuchayti-
rish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi 
chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqorolar-
ning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari roli va mas’u-
liyatini oshirish zarur. 
2. Korxona tomonidan belgilangan ijtimoiy 
imtiyozlar va xizmatlarni ko‘rsatish: xodimlar va 
ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish, bepul 
ovqatlanish, mahsulotlarni imtiyozli baholarda so-
tish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’min-
lash, dam olishni tashkil etish, xodimlarni qayta 
o‘qitish va malakalarini oshirish va shu kabilar. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin