Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son 232


- jadval O‘zbekistonda Aholi umumiy daromadlarining o‘sish sur’atlari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix14.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#68965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1- jadval
O‘zbekistonda Aholi umumiy daromadlarining o‘sish sur’atlari 
2018 
2019 
2020 
2021 
Aholining umumiy daromadalari 
119,7 
127,0 
121,6 
114,9 
Aholining real umumiy daromadlari 
109,3 
108,1 
106,1 
101,8 
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 
117,7 
124,8 
119,3 
112,7 
Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar
107,5 
106,2 
104,2 
99,8 
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari o‘sish 
sur’atlari 2018-yilda 119,7 foizni tashkil qilgan bo‘l-
sa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich pasayib, 114,9 foizni 
tashkil etgan. Xuddi shuningdek, aholining umumiy 
real daromadlari 2018-yilda 109,3 foizdan 2021-
yilda 101,8 foizga pasaygan. Boshqa qolgan ko‘rsat-
kichlar ham pasayish tendensiyasiga ega.
DEMOGRAFIYA VA MEHNAT IQTISODIYOTI 


Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son
235
Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga bag‘ishlangan 
adabiyotlarda ifodalanishicha, aholining umumiy 
daromadlari xuddi ish haqi kabi nominal va real 
ko‘rinishda aniqlanishi mumkin. Nominal umumiy 
daromadlar qiymat shaklida ifodalangan joriy natu-
ra va pul ko‘rinishidagi daromadlardir. Real umu-
miy daromadlar esa shu daromadlarning sotib olini-
shi mumkin bo‘lgan moddiy boylik va xizmatlar 
yig‘indisi (ya’ni iste’mol narxi indekslariga to‘g‘ri-
langan nominal daromadlar) bilan ifodalanadi. 
Umumiy daromad hosil qilingach, uning muayyan 
qismi ixtiyoriy va majburiy to‘lovlarga ishlatiladi. 
1-rasm. 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida (o‘n ikki oy davomida), O‘zbekiston Respublikasi 
hududlari bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi, ming so‘m 
 
2021-yilning yanvar-dekabr oylarida (o‘n ikki 
oy davomida) aholi jon boshiga umumiy daromad-
lar hajmi Toshkent shahrida (30232,0 ming so‘m) 
hamda Navoiy (24156,2 ming so‘m), Buxoro 
(17847,1 ming so‘m), Toshkent (16331,7 ming 
so‘m) va Xorazm (15484,5 ming so‘m) viloyatlarida 
o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkich-
lar qayd etilganligi kuzatildi. 2021-yilning yanvar-
dekabr oylarida (o‘n ikki oy davomida) aholi jon 
boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘r-
satkichlari Farg‘ona (10929,8 ming s‘om), Naman-
gan (11329,1 ming s‘om) va Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi (11391,6 ming s‘om) hamda Surxondaryo 
(11884,7 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi. 
Umumiy daromadlar bilan ixtiyoriy, majburiy 
to‘lovlar o‘rtasidagi farq ixtiyoriy daromadlarda 
daromadlar ko‘rsatkichi tarzida ifodalanadi. Aholi 
qo‘lidagi daromadlar muvofiq keluvchi tovar va 
xizmatlar bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan to‘lovga 
qodir talabning umumiy miqdorini ifodalaydi. Aholi 
qo‘lidagi daromadlar yoki yakuniy iste’mol yoxud 
jamg‘armaga ishlatilishi mumkin. Agar aholi qo‘lida-
gi daromadlar umumiy summasidan aholi olgan be-
pul va imtiyozli xizmatlar qiymati chegirilsa, aholi 
qo‘lidagi haqiqiy daromadlar ko‘rsatkichiga ega bo‘-
linadi. Aholining moddiy farovonlik darajasiga 
ko‘ra, tabaqalanishini o‘rganish usullaridan biri 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlari 
darajasi bo‘yicha taqsimlash hisoblanadi. Bunda 
o‘rtacha jon boshiga pul daromadlari hisobot dav-
ridagi pul daromadlari umumiy summasini mavjud 
aholi soniga bo‘lib aniqlanadi. 
Daromadlar darajasini tahlil etish, o‘lchash va 
taxmin qilish uchun daromadlarning har xil turlari 
va statistik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular-
dan eng ko‘p tarqalgan turlarini ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin