jihatdan shartli hisoblanadi. Aqliy faoliyat markaziy asab sistemasiga sezilarli
darajada yuklanish beradi va mehnatni kuchlanganligi sifatida harakterlanadi.
Jismoniy faoliyat insonni mushaklariga,
skelet mushaklariga, yurak-qon tomir
sistemalariga va boshqa fiziologik sistemalariga yuklanish beradi.
Zamonaviy hayot ishlab chiqarishda jismoniy faoliyatga nisbatan aqliy
faoliyat ulushini oshib borishini harakterlaydi. Bunday holatlar aqliy mehnat bilan
shug‟ullanuvchi odamlarda yog‟ bosish, qon tomir
kasalliklari, umurtqa, oshqozon-
ichak va boshqa kasalliklarni paydo bo‟lishiga olib keladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda kasblar to‟rt guruhga bo‟linadi: jismoniy,
mexanizatsiyalashgan, avtomatlashgan va aqliy mehnat. O‟z navbatida oxirgi
ikkitasini ulushi doimiy o‟sayotgan bo‟lsa, birinchi
ikkitasiniki esa doimiy
kamaymoqda.Mos ravishda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‟rsatish sohasi
kengaymoqda. Ammo insonni yuqori mehnat unumdorligini taminlash uchun aqliy
va jismoniy faoliyatini ma‟lum darajada birgalikda olib borish zarur. SHu
maqsadda har xil trenajerlar, aerobika mashg‟uloti,
jismoniy tarbiya, yugurish,
sportcha yurishlardan foydalanish zarur.
Mehnat gigienistlari va fiziologlarining qayd qilishicha inson o‟zining har
qanday faoliyatida uning organizmini bioritmi mehnat va dam olish rejimlari bilan
mos kelsa u eng yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Aqliy mehnat bilan shug‟ullanadigan odamlarni bioritmini tadqiqotini
ko‟rsatishiga ularning mehnat samaradorligi
ertalab yaxshilanib, yarim tunda
o‟zining eng yuqori darajasiga yetadi, so‟ngra esa asta-sekin yomonlashib boradi.
Dostları ilə paylaş: