darajasi, organizmdagi ba‟zi organlar zo‟riqishini belgilovchi
kishi harakatining
harakteri va atrof-muhitning ahvoliga qarab aniqlanadi.
Mehnat sharoitlarini asosan to‟rt gurux omillarga ajratish mumkin.
Birinchi guruh omillar – atrof muhitning sanitariya – gigiena holati. Bularga havo
harorati, atrof-muhitning tozaligi (toza, changlangan, boshka zararli moddalar bilan
ifloslangan va b.), yorug‟lik va shovqin darajasi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillarga – mehnat vositalari: ishlab chiqarishda
foydalaniladigan mashina mexanizmlar, asbob-uskunalar va moslamalar kiradi.
Uchinchi guruh omillarga tashkiliy tadbirlar, ya‟ni ish va dam olish rejimini
to‟g‟ri tashkil etish, mehnat taksimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi.
To‟rtinchi guruh - odamlarning uzaro munosabatlari, ishchining ish joyi va
mehnat natijalariga bo‟lgan munosabatlari bilan bog‟liq
ijtimoiy omillarni uz
ichiga oladi.
Mehnatni to‟g‟ri tashkil etish kishi organizmiga ijobiy ta‟sir etib, unda
yengillik va kuch kuvvatni oshiradi. Inson fiziologiyasini o‟rganish esa normal ish
rejimini tashkil kilishga, mehnat kobiliyatini oshirishga va turli ishlarni
bajarayotganda ishchi qanday holatda bo‟lishi zarurligini aniqlashga yordam
beradi.
Ma‟lumki inson uchun ko‟rish, eshitish nafas olish, sezish va asab sistemalari
muhim a‟zolar hisoblanadi. Inson 20 dan 20000 Gts chastotali tebranishgacha
bo‟lgan tovush to‟lqinlarini eshita oladi. Kuloqning sezish qobiliyati ancha yuqori
bo‟lib, 2000 Gts. dan 4000 Gts. gacha diapozondagi tovushlarni normal eshitadi,
biroq 800 Gts. dan past va 6000 Gts.dan yuqoriroq chastotada sezish qobiliyati
birmuncha pasayadi.
Odam nafas olganda o‟pkaga kirayotgan havo tarkibida kislorod 21%,
chiqarayotganda 16% ni tashkil kiladi. Havo tarkibidagi zararli moddalar (gazlar,
buglar, chang va b.) inson uchun juda zararli bo‟lib, har
xil kasalliklarni keltirib
chikaradi. Sof toza havo tarkibida 77% azot, 21% kislorod, 1% is gazi va boshka
aktiv gazlar, 1% inert gazlar ( argon, neon va b) mavjud. Havo tarkibi kanchalik
kislorodning manfiy ionlari bilan to‟yingan bo‟lsa, inson organizmini kislorod
bilan ta‟minlanish darajasi shunchalik yaxshilanadi. Lekin, ishlab chiqarish
sharoitida tabiiy sof toza havo deyarli uchramaydi. CHunki ko‟pgina texnologik
jarayonlar har xil zararli moddalarni ajralib chiqishi bilan kechadi.Ish joyi
xonasining havosi tarkibidagi ushbu zararli moddalarni me‟yorlashtirish ishlab
chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, yangi zamonaviy texnika vositalaridan
foydalanish, ishlab chiqarishni
kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish,
germetiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
Mehnat kilish jarayonida kishi organizmiga salbiy ta‟sir etadigan ishlab
chiqarishning nomaqbul omillari natijasida yuzaga keladigan inson sog‟ligidagi
o‟zgarishlar kasb kasalligi deb ataladi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari ish
joylaridagi havoning changlanishi, gaz, shovkin va tebranishlar ta‟siridan hamda
havo harorati, bosimi, namligini o‟zgarib turishi natijasida paydo bo‟ladi. Ishlab
chiqarishdagi nomaqbul omillarning kishi organizmiga uzoq muddat ta‟sir etishi
oqibatida ishchi kasb kasalligiga chalinishi, natijada ish qobiliyatini vaqtincha
yoki butunlay yo‟qotishi mumkin.
Ishchilarning doimo sog‟lom yurishlari va mehnat qobiliyatlarini
yo‟qotmasliklarida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish katta rolь o‟ynaydi.
Tana va qo‟lni toza bo‟lishi, ovqatlanishdan oldin ko‟lni doimo sovunlab yuvish,
o‟zini
va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovkatlanish va ish bilan dam olishni
to‟g‟ri tashkil qilish – shaxsiy gigienaning asosiy talablari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: