“Mashinasozliktexnologiyasi” fakulteti “Texnologikmashinalarvajihozlar” kafedrasi


Inson mehnat faoliyatiga ta‟sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari



Yüklə 208,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.11.2022
ölçüsü208,23 Kb.
#69881
1   2   3   4   5   6   7   8
ishlab-chiqarish-gigienasi-va-sanoat-sanitariyasi

3. Inson mehnat faoliyatiga ta‟sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, 
mohiyati va himoyalanish usullari 
Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish 
jaroxatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz xodisalarni chukur taxlil kilish asosida 
ularni keltirib chikaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli 
omillarni puxta urganish muhim rol uynaydi. 
Baxtsiz xodisalarning sabablari asosan 4 guruxga bulinadi, ya‟ni 
texnikaviy, sanitar-gigenik, tashkiliy va psixofiziologik. 


Texnikaviy sabablarga mashina va mexanizmlar hamda ish jixozlarining 
nosozligi, 
elektr 
kurilmalarining 
yerga 
ulanmaganligi, 
yuklash-tushirish 
mashinalaridan noto‟g‟ri foydalanish, mashina va mexanizmlar qonstruktsiyasini 
mehnat muxofazasi talablariga javob bermasligi kabilar kiradi. 
Sanitar-gigenik sabablarga esa mehnat gigienasi, sanitar normalar va 
koidalarga amal kilmaslik, yeritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning 
harakatlanish tezligi, havoning bosimi kabi kursatkichlarni me‟erdan chetga 
chiqishi, yukori miqdordagi shovkin, titrash, havoning changlanganligi yoki 
gazlanganligini kiritish mumkin. 
Tashkiliy sabablarga ish rejimi va dam olish rejimini noto‟g‟ri tashkil 
etilganligi, sog‟lom va xavfsiz ish sharoitini yaratilmaganligi, ishchilarni xavfsizlik 
texnikasi koidalari bo‟yicha ukitilmaganligi, ish joylarida ogoxlantiruvchi 
belgilarni bulmasligi, mutaxassislik bo‟yicha ishga kabul kilmaslik, maxsus kiyim 
boshlar va shaxsiy ximoya vositalari bilan ishchilarni ta‟minlanmaganligi va 
boshkalar misol bula oladi. 
Psixofiziologik sabablarga bajarilaetgan ishga e‟tiborsiz karalishi, 
ishchining uz faoliyatiga bo‟lgan nazoratining bo‟shlig‟i, jismoniy yoki asabiy 
tolikish va boshka shu kabilar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar baxtsiz xodisalarni keltirib 
chikaruvchi sabablardan fark kiladi. Baxtsiz xodisalarning sabablari mehnat 
muxofazasi bo‟yicha standartlar, qonun-koidalar va kursatmalarning buzilishi, 
ularga amal kilmaslik okibati bo‟lsa, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar 
esa bevosita jaroxatlanishlarni keltirib chikaruvchi shart-sharoitlar xisoblanadi. 

Yüklə 208,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin