Yirik changlar nafas olganda burun bo‟shlig‟ida kolib, o‟pkaga kirmaydi. Mayda
changlar esa (asosan, ulchami 10 mk. dan kichik bo‟lgan changlar) nafas orqali
burun bo‟shlig‟idan o‟tib, o‟pkaga o‟rnashadi va vaqt o‟tishi bilan turli xil
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniksa diametri 0,3 mikrometrdan kichik changlar
qonga tushishi ham mumkin. CHanglar o‟z zarrachalari yuzasida turli xil zararli
moddalar (mыshьyak, berilliy, kadmiy, nikelь, qo‟rg‟oshin, xrom, mis, asbest,
vanadiy va b.) bilan bog‟lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‟ladi.
Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida ayniqsa metall changlari, jumladan
qo‟rg‟oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo‟rg‟oshin changlarining havo
tarkibidagi juda oz qontsentratsiyasi ham inson sog‟ligiga salbiy ta‟sir
etadi.Masalan, 100 ml. qon tarkibida 35 mkg.qo‟rg‟oshin bulishi insonning bosh
miyasi funktsiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashkari
qo‟rg‟oshin qonda gemoglobin sintezining buzilishiga, muskul sistemalarini
susayishidan tortib shol (paralich) bo‟lishigacha, jigar, buyrak va miya faoliyatini
buzilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda jahon bo‟yicha 3,3 mln. tonna qo‟rg‟oshin
ishlab chiqarilmokda. Faqatgina avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan havoga
har yili 250 ming tonna qo‟rg‟oshin chiqarilmokda. Amerikalik olimlar tomonidan
bundan 1600 yil oldin yashagan janubiy Amerika tub aholisining suyak skeleti
tarkibidagi qo‟rg‟oshin miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak
skeletidagi qo‟rg‟oshin miqdoriga taqqoslanganda, bu miqdor hozirgi zamon
odamlarida 700-1200 marta ko‟p ekanligi aniklangan.
Bundan tashkari qora metallurgiya, kurilish materiallarini ishlab chiqarish
sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va kishloq xo‟jaligidagi
ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organik va noorganik
changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: