Zararli gazlar va ulardan ximoyalanish yo‟llari. Havo muhiti va tarkibi
changlardan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish davrida yuzaga
keladigan turli xil zaharli gazlar va ximiyaviy moddalar bilan ham ifloslanadi. Bu
atmosfera havosini buzilishi bilan bir vaqtda turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga
ham sabab bo‟ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan zaharli va zararli moddalar
masalan, oqindi suvlar, axlatlar, ishlangan gazlar («vыxlopnыe gazы»), radioktiv
moddalar, biotsidlar va boshqalar ekosistemaga kelib tushgach izsiz yo‟qolib
ketmaydi. Ularning kichik kontsentratsiyali miqdori ham uzoq vaqt ta‟sir etishi,
insonlarni, o‟simliklarni va hayvonlarni zaharlashi mumkin. Ayrim zaharli
moddalar oziqani tayyorlash va iste‟mol qilish jarayonida ham ta‟sir etishi
mumkin. Masalan, zaharli moddalar o‟simlikdan chorva mollariga, chorva
mahsulotlari (sut, go‟sht) orqali insonga ta‟sir etib, turli xil kasalliklarni kelib
chiqishiga sabab bo‟ladi.
Bundan tashqari zararli va zaharli moddalar yer yuzi iklimini, shuningdek,
atmosferani, troposferani (atmosferaning pastki katlami), stratosferani (er yuzidan
10-80 km uzoklikdagi katlami) va kriosferani (er yuzining muzliklar va korliklar
bilan koplangan yuzasi) ham o‟zgarishiga olib kelishi mumkin.
Iqlimga ta‟sir etuvchi muhim faktor – Yerning issiqlik balansidir.Albatta, bu
quyosh nurlari ta‟sirida yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda «Er – atmosfera» sistemasi
issiqlik tengligi holatida bo‟lib, yerga tushadigan 100% qisqa to‟lkinli quyosh
nurlarining o‟rtacha 18% ti atmosferada yutiladi (3% - bulutlar va 16% havo
orqali), 30% ti kosmosga kaytariladi (20% ti bulutlar va 6% havo hamda 4% yer
yuzasi orqali). qolgan 51% qisqa to‟lqinli quyosh nurlari yer yuzasida yutiladi.
SHundan 21% qayta nurlanib uzun to‟lqinli nurlar ko‟rinishida kaytadi, 30% ti esa
sezilarli (7%) va yashirin (23%) issiqlik ko‟rinishida atmosferaga uzatiladi. Ushbu
keltirilgan nurlar balansi Yerning «Issiqlik xo‟jaligi» asosini tashkil etadi.Qabul
qilingan nurlarning qaytgan nurlarga nisbati «albedo» deb ataladi. Maksimalь
qaytarish xususiyatiga ega bo‟lgan absolyut ok jismning alьbedosi birga teng.
Yerning alьbedosi 0,30 ni tashkil etadi. Lekin, insoniyat tomonidan yerdan
noto‟g‟ri foydalanish, o‟rmonlarni kesilishi, cho‟l yerlarni xaydalishi, sun‟iy suv
havzalarini barpo etilishi, atrof-muhitga minglab tonna chiqindilarni chiqarilishi,
ishlab chiqarish jarayonlari natijasida tonnalab zaharli gazlar va moddalarning
atmosferaga chiqarilishi issiqlik balansini o‟zgarishiga olib kelmokda. Masalan,
havo tarkibiga karbonat angidrid gazining oshishi ma‟lum miqdorda iqlimni
isishiga olib kelishi mumkin. Karbonad angidrid gazi rangsiz gaz bo‟lib, uning sof,
toza havo tarkibidagi miqdori 0,03% ni tashkil etadi. Ushbu gaz tirik
organizmlarni nafas olishida, neftь va gazni yoqish jarayonida, bug‟ qozonlarida,
issiqlik elektr stantsiyalarida, avtomobil ishlashi vaqtida ajralib chiqadi. Keyingi
yuz yil ichida havo tarkibidagi karbonad angidrid miqdori 14% ga, hozirgi vaqtda
esa har yili 0,4% ga oshib bormoqda. Industrialь era (taxminan 1860 yillar) dan
hozirgi vaqtgacha 140 mlrd.tonnaga yaqin uglerod atmosferaga chiqarilgan,
hozirgi vaqtda esa atmosferaga jahon bo‟yicha yiliga 8 mlrd. tonnaga yakin
uglerod chiqarilmokda. Ushbu gazning havo tarkibidagi miqdorini oshib borishi
atmosferada ma‟lum katlam xosil kilib, issiqlikni kosmosga uzatilishini
susaytiradi.Bu esa uz navbatida Yer yuzi haroratini ma‟lum darajada oshishiga olib
kelishi mumkin. Havo tarkibida karbonad angidrid gazining ma‟lum miqdorda
oshishi natijasida 2030 yilga borib havoning isishi 1,5-2,5
o
S ga yetishi taxmin
qilinmokda. Haroratning oshishi esa okean sathining ko‟tarilishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda, keyingi 100 yil ichida harorat 0,5
o
S ga, okean sathi esa 10-15
sm.ga ko‟tarilganligi kayd etilgan.
1987 yili Garbiy Berlinda bo‟lib o‟tgan Xalkaro Simpoziumda qayd
etilishicha, ishlab chiqarishda sovutuvchi suyukliklarni, turli xil turdagi aerozol
ko‟rinishiga ega tozalovchi vositalarni va uglevodorodlarni (freonlarni) keng
ishlatilishi Antraktida «Ozon tuynugi» (Kora tuynuk)ni xosil bulishiga olib kelgan.
Amerikalik olimlarning baholashiga «Ozon tuynugining» 1987 yilgi o‟lchami
AQSHning maydoniga teng kelgan. Hozirgi ma‟lumotlar bo‟yicha esa uning
o‟lchami Yevropa qit‟asining o‟lchami (20507000 kv. km) bilan barobardir.
Oddiy misol, birgina kosmetik va shunga o‟xshash kichik aerozol ballonlarni
ishlatilishi natijasida yiliga 50 ming tonna freon atmosferaga chiqariladi. Bu albatta
stratosferadagi ozon qatlamini yemirilishiga olib keladi.
Bundan tashqari millionlab kishilar havoning ifloslanishi va ifloslangan
suvdan iste‟mol kilish okibatida jigar kasalligi, rak kasalligi, turli xil yukumli va
allergik kasalliklar bilan kasallanmokda.
Yuqorida keltirilgan gaz va zararli moddalardan tashqari oltingugurt, simob,
qo‟rg‟oshin, asbest, uglerod oksidi (SO), oltingugurt oksidi, azot oksidi,
uglevodorodlar, ammiak va shunga uxshash minglab zaharli moddalar ishlab
chiqarish chiqindilari sifatida atmosferaga chiqarilmokda. Zoolog Drisherning
kayd etishicha har yili atmosferaga insoniyatning faoliyati tufayli 40 ming xilga
yaqin zaharli va zararli moddalar chiqindi sifatida chiqarilmokda. Masalan, bitta
avtomobil yiliga o‟rtacha 297 kg SO, 39 kg uglevodorod (kontserogen birikmalar),
10 kg azot oksidi, 2 kg chang, 1 kg oltingugurt ikki oksidi va 0,5 kg qo‟rg‟oshin
birikmalarini chiqaradi. Hozirgi vaqtda sanoat va avtomobilь transporti tomonidan
atmosferaga chiqariladigan uglerod oksidining (is gazi) yillik miqdori taxminan 8
million tonnaga yetadi.
Davlat standarti bo‟yicha inson sog‟ligiga ta‟sir etuvchi xavfli moddalar 4
sinfga ajratilgan:
1-sinf - favqulotda xavfli moddalar, REM
0,1 mg/m
3
;
2-sinf- yuqori xavflilikdagi moddalar, REM=0,1…1,0 mg/m
3
;
3-sinf- o‟rtacha xavflilikdagi moddalar, REM=1,0…10 mg/m
3
;
4-sinf- kam xavflilikdagi moddalar, REM>10 mg/m
3
Xuddi shuningdek ushbu zaharli moddalarning havo tarkibidagi o‟limga olib
keluvchi miqdorlari 1-sinf uchun 500 mg/m
3
; 2-sinf uchun 500-5000 mg/m
3
; 3-
sinf uchun 5001-50000 mg/m
3
; 4-sinf uchun 50000 mg/m
3
dan yuqori. Lekin, bu
moddalarning havo orqali emas, balki boshqa yo‟llar orqali oshqozonga yoki teriga
ta‟sir etgandagi ulimga olib keluvchi miqdorlari bir necha o‟n barobar
kichikdir.Masalan, 1-sinfdagi zaharli moddalarning oshkozonga tushgandagi
o‟limga olib keluvchi miqdori 15 mg/kg.ga tengdir.
Yuqorida keltirilgan zararli changlar, gazlar, agressiv va zaharli moddalardan
himoyalanish birinchi navbatda ish joyi havosi tarkibini o‟rganish va uni REM
talablari bo‟yicha muvofiklashtirishni talab etadi. Buning uchun chang miqdorini
aniklashda aspiratordan, gaz miqdorini aniqlashda UG-2, GX-2 markali gaz
analizatorlaridan foydalaniladi.
Ish joyi havosi tarkibidagi zaharli gazlar yoki changlar miqdori aniqlangach,
bu miqdor ruhsat etilgan miqdor (REM) bilan taqqoslanib ko‟uriladi va ish joyini
sog‟lomlashtirish bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqiladi.
Ish joylari havosini sog‟lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va
gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish yo‟llari, ushbu zararli
gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‟rganilib, bartaraf etish
choralari ko‟riladi. Agar ushbu zararli moddalarni yuzaga kelishini oldini olish
mumkin bo‟lmasa, u xolda ushbu gazlarni ish joyi zonasiga kirish yo‟llari
germetiklashtiriladi,
hamda
ish
joylarida
shamollatish
qurilmalari
o‟rnatiladi.Yuqorida ko‟rsatilgan tadbirlar yetarli darajada samarali bo‟lmagan
xollarda esa shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi yoki ishlab chiqarish to‟liq
avtomatlashtirilib masofadan boshqarish sistemalari tadbik etiladi.
5 . Ishlab chiqarishda mo‟‟tadil ob-havo sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiklimi ishchining sog‟ligiga
va ish unumdorligiga ta‟sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xonalarining mikroiklimi xona havosining harorati, nisbiy namligi,
havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari yoki
materiallari
ta‟siridagi
issiqlik
nurlanishining
intensivligi
orqali
harakterlanadi.Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko‟rsatkichlarning miqdori
keng oraliqda o‟zgarib turishi mumkin. Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki
issiq davriga, texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog‟liq bo‟ladi.
Ilmiy
tadqiqotlar
natijasida
mikroiqlim
holatini
harakterlovchi
ushbu
ko‟rsatkichlarning optimal miqdorlari o‟rnatilgan bo‟lib, bu sharoitda ishchi
o‟zining barcha imkoniyatlarini ishga solish imkoniyatiga ega bo‟ladi.Vaholanki,
mikroiklim ko‟rsatkichlarini belgilangan me‟yordan chetga chiqishi ishchining
sog‟ligiga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta‟sir etadi.
Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi haroratining yuqori bo‟lishi
inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning
harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi
kuchayadi, kishining e‟tibori hamda ko‟rish va eshitish a‟zolarining reaktsiya
tezligi susayadi.
Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog‟ligiga katta salbiy ta‟sir
kursatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini susayishiga olib
keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik
xususiyati kamayadi, nafas olish yo‟llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi
kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‟ladi.
Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi. Agar
havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo‟lsa havo dim bo‟ladi, 0,25 m/s dan ortiq
bo‟lsa yelvizak bo‟ladi. Ma‟lumki, ikkala holatda ham inson sog‟lig‟i va ish
qobiliyati yomonlashadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish honalarining mikroiqlim
holatini me‟yoriy miqdorlari GOST 12.1.005-76 «Ish joyining havosi.Umumiy
sanitar-gigienik talablar» bo‟yicha o‟rnatilishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |