Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 286
w www.oriens.uz July 2021 yasalgan. “Taka soqoli” so‘z birikmasi shu ko‘rinishdagi o‘simlikni atashda
tashbehlantirish yo‘li orqali yuzaga kelganligi ko‘rinadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Yuqorida keltirilgan so‘zlar va so‘z birikmalarida arab leksikasiga xos jihatlar
yaqqol ko‘zga tashlanadi.Arab tili morfologiyasi nuqtai nazaridan arab tilida so‘zlar
muayyan formalar asosida yasaladi.Ushbu so‘zlarning asli o‘zagi, tub semantik
ma’nolari arabiy yoki turkiy (uyg‘urcha) ekanligini o‘rganish uyg‘ur tabobat
atamalari semantikasini tushunishda ahamiyatlidir. Bu so‘zlar va so‘z birikmalari
uyg‘ur tabobatida uzoq yillardan buyon qo‘llanib kelinayotganligi sababli ular uyg‘ur
tili so‘z boyliklari qatoriga kirib bo‘lgan, biroq so‘zlarning formal shaklida arab
morfologiyasi qoidalari ko‘rinib turadi.
Shu jihatdan atamalarni o‘zbek va boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida
ularning tub mazmunini aniqlash muhim va bu terminlarning o‘zbek tilidagi
muqobillarini topa olish tarjima jarayonida mahorat hamda bilimni talab qiladi.
So‘z birikmalarida birinchi so‘zda aniq bo‘lmagan ma’no ikkinchi aniqlovchi
so‘zning mazmuni yordamida oydinlashadi. Arab tilida so‘z birikmalari asosan,
moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar ishtirokida yasaladi. Tabobat bo‘yicha
bitilgan qadimgi risolalarda atamalarning semantik kelib chiqishi masalasi to‘liq
yoritilmaganligi
bois,
yillar
davomida
masalaning
yechimi
chigallashib,
murakkablashib borishi kelib chiqadi. Quyidagi holatlar so‘zlarning leksik-semantik
jihatlarini yoritish jarayonini qiyinlashtiruvchi omillar hisoblanadi:
1. So‘zlar tarixan siyosiy-ijtimoiy, ilmiy, gumanitar aloqalar davomida bir tildan
boshqa tilga o‘zlashish jarayonini boshdan kechiradi.
2. So‘zlar atamalar darajasiga o‘tishda sinonimlik xususiyatini yo‘qotib, yaqqol
termin sifatini kasb etib boradi.
3. Termin atamalarni lug‘aviy leksik tadqiq qilishga ehtiyoj kamayib boradi.
4. So‘zlarning terminlashuvida ayrim leksikologik buzilishlar sodir bo‘ladi.
5. Terminlarning internasionallashuvi mazkur terminning ilmiy-texnik
maqomiga, ahamiyatiga mos ravishda keng yoki aksincha tor ma’no kasb etadi.
6. Termin so‘zlarning tildan tilga o‘zlashuvi jarayonida dominant til grammatik,
morfologik, fonetik jihatlari o‘zlashtiruvchi tildagi shu kabi qoidalarga
moslashtiriladi. Biroq bu moslashtirilish jarayonida milliy tilning fonetik, fonologik,
orfografik, morfologik xususiyatlari ustuvorlik qiladi.
7. Qadimgi terminlar talaffuzi va yozuv shaklllaridagi tafovutlar noshirchilik
sanoatining darajasi bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Asarlarni qo‘lyozmalar va ko‘chirma
namunalardan qayta ko‘chirish davomida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilganligi keyingi