2021 uyg‘ur tilidagi o‘simlik nomlarida arabizmlar gisarov F. M


Tabobat atamalaridagi arabizmlarida uyg‘ur tili fonetikasi ta’siri



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix24.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#70194
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
uyg-ur-tilidagi-o-simlik-nomlarida-arabizmlar

Tabobat atamalaridagi arabizmlarida uyg‘ur tili fonetikasi ta’siri 
Uyg‘ur tili tarixan ilg‘or tillar bilan uchrashish chog‘ida o‘sha tillardan ilm-
fanga oid terminlar va badiiy, diniy sohalardagi so‘zlarni o‘zlashtirib oldi. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
283 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
Arslan Abdullaevning 2010 yilda Shinjong Xalq nashriyotida bosmadan chiqqan 
“Hozirgi zamon uyg‘ur tili” nomli kitobida arab tilining uyg‘ur tiliga ta’siri nomli 
paragrafida shunday ma’lumotlar keltirilgan: “ Uyg‘ur tilining arab tili bilan aloqasi 
uyg‘urlarning islom dinini qabul qilgan vaqtdan boshlanadi... 
14-asrdan boshlab islom dini Turfan tarafga tarqaldi, buning bilan arab tili va 
yozuvi sharqiy va shimoliy Shinjongga kengaydi. Shinjongdan topilgan ijtimoiy-
iqtisodiy vasiqalarda arab tilidan kirgan Haq, Qissa, Kitab, Mal, Adam, Ali kabi 
so‘zlar uchraydi”
1
“Uyg‘ur tilining izohli lo‘g‘ati”da jamlangan 35836 ta so‘zlar kompyuter 
statistikasi bo‘yicha tekshirilganda, ulardan 2669 tasi arab tilidan (7,4 foiz), 1470 tasi 
(4,1 foiz) fors tilidan, 2356 ta so‘z (6,6 foiz) rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar ekanligi 
ma’lum bo‘ldi. 28802 (80,4 foiz) ta so‘z uyg‘ur tiliga xos so‘zlar ekanligi aniqlandi.
2
Tarixda uyg‘ur alifbosi bir necha marotaba o‘zgarishlarga uchradi. Qadimgi 
uyg‘ur yozuvi namunalari to‘liq saqlab qolinmagan bo‘lsa-da, u yozuvning mavjud 
bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirib o‘tiladi. Arab yozuvi va 
tili ta’siri ostida tuzilgan uyg‘ur alifbosida arab tiliga xos fonetik xususiyatlar o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi. Arab tilidagi fonetik jihatlar uyg‘ur tilidagi fonetik imkoniyatlar 
asosida moslashtirib chiqildi. Bu imlo o‘zgartirishlari alifbodagi harflarning fonetik 
jihatlarini to‘liq ochib berolmadi. Arab tilidagi tovushlar uyg‘ur tili fonetik 
imkoniyatlariga to‘liq mos kelmadi. Biroq, arab tilining mavqeyi boshqa tillarga 
kuchli ta’sir o‘tkazdi.Tilshunos olimlar milliy tillar grammatikasi va alifbosini qayta 
ko‘rib, arab harflari asosida shakllantirib chiqish vazifasini ado etdilar. Bu 
jarayonnning qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini vaqt ko‘rsatadi, 
albatta. B ujarayonning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lganligi sir emas.Uyg‘ur tilida 
mavjud bo‘lmagan tovushlarni yozuvda aks ettirish arab tovushlarini noto‘g‘ri talqin 
etilishiga o‘xshash hodisalarni yuzaga keltirdi. Arab tilidagi emfatik, sirg‘luvchi, til 
oldi-tish uchi tovushlari va boshqa xususiyatlarni uyg‘ur alifbosida ifodalashda qator 
yangi harf birikmalari sun’iy ravishda yasaldi.Xuddi shu hol kirill yozuvi talablari 
asosida uyg‘ur alifbosini shakllantirish jarayonida ham kuzatildi. Bunda ham 
tilshunos olimlar kirill alifbosi tarkibiga yangi bir ko‘rinishli harflar va diftonglar 
triftonglarni ifodalash uchun qo‘shma harflarni ixtiro etdilar.Har ikkala jarayon ham 
uyg‘ur yozuvini to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri tushunishda muammolar keltirib chiqardi.
1
А.Абдуллаев Ҳозирги замон уйғур тили. Шинжонг. 2010. 157-бет. 
2
А.Абдуллаев Ҳозирги замон уйғур тили. Шинжонг. 2010. 161-бет. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin