2021 uyg‘ur tilidagi o‘simlik nomlarida arabizmlar gisarov F. M


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix24.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#70194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
uyg-ur-tilidagi-o-simlik-nomlarida-arabizmlar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
281 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
san’atining yuz san’ati” kitobini muallif xorazmshoh Abu l Abbos Ma’mun ibn 
Ma’munga bag‘ishlagan. Bu muallif va kitobi “Saydana”da 8 o‘rinda zikr etilgan. 
Ali ibn Iso Bu ism ko‘z shifokori Sharafuddin Ali ibn Iso al Kahhalga tegishli 
bo‘lsa kerak deb yozadi U.I. Karimov. Ali ibn Isoni Beruniy o‘z kitobida 2 marta 
keltirib o‘tgan. 
Abu l Xayr al Hasan ibn Sivar ibn Bobo ibn Behnom ibn al Hammar 942-yilda 
Bag‘dodda tug‘ilgan, mantiq va falsafa bilan shug‘ullangan. Abu l Xayr Beruniy va 
Ibn Sino bilan birga Ma’mun akademiyasida ishlagan olimdir. U suryoniy tilidan arab 
tiliga tarjimalar qilgan. “Saydana”da Abu l Xayr 70 martaga yaqin keltirilgan. 
Abu Ali ibn Miskavayh (1030-yilda olamdan o‘tgan), uning “Xalqlar tajribalari” 
kitobidan tashqari “Ichimliklar kitobi”, “Eguliklar kitobi”, “Sodda dorilar haqida” 
kabi asarlari “Saydana”da 4ta paragrafda keltirib o‘tilgan. 
Yuqorida ismlari keltirilgan olimlardan tashqari Abu Rayhan Beruniy o‘z 
asarida Abu l Abbos Xushshakiy, Abu Zayd al Arrajjoniy, Abu Malik, Abu Mu’oz, 
Abu Nasr An Nisaburiy, Abu Nasr Al-Xatibi, Abu Sa’d al Jurjoniy, Abu Saxl ar 
Rasailiy, Abu Umar, Al Azdiy, Ali ibn Xamza al Isbahoniy, Badig‘urus, Bishr ibn 
Abdulvahhob al Fazariy, Bishr As Sijoziy, Germes, Az Zanjaniy, Irohim Al Valiy, 
Ibrohim as Sandaniy, Yushubuxt al Matran, Al Ma’mun, Muhammad Attor, An 
Najjar, As Savahiliy, As Sibaviy, As Sullabiy, At Tohir ibn Muhammad, Tohir As 
Sijaziy, Al Umaniy, Al Fahlaman yoki Al Bahlaman, Hakam ibn Xunayn, Hasan, 
Hofiz ad Din, Al Xuziy, Chendiy(yoki Cheng Chi-mashhur xitoylik tabib, dieta 
saqlash bo‘yicha kitob muallifi II asrning ikkinchi yarmida yashagan) kabi 
mualliflarning asarlaridan ham iqtiboslar keltirgan. 
Sharq 
tabobati 
ilmining 
shakllanishi va taraqqiy topishida Uyg‘ur tabibchiligi ham salmoqli ahamiyatga 
egadir.Shinjong Xalq Sixxiya nashriyotida 2012 yilda chop etilgan II qismdan 
iborat ”Uyg‘ur tabobati xom dorilar ilmi” ensiklopediyasida Uyg‘ur dorivor 
o‘simliklar bilan davolash tarixi, tibbiy usullarning benazirligi, xalq tabobati 
texnikasi, inson tanasining fiziologik tuzilmalari orasidagi uzviy bog‘liqlik, inson 
tanasi a’zolarining faoliyati, ushbu faoliyatni yaxshilash yo‘lida foydali 
dorivorlarning o‘ziga xos ahamiyatli jihatlari, tabiatda xom uchraydigan shifobaxsh 
o‘simliklarning turlari, ulardan inson salomatligini yaxshilashda qo‘llanish metodlari, 
mazkur o‘simliklarning kimyoviy tarkiblari va ularni tabobatda ishlatish me’yorlari 
kabi masalalar batafsil bayon etilgan.Ushbu ensiklopedik salohiyatga ega bo‘lgan 
kitob uyg‘ur tabobatchilik-dorigarchilik(farmasevtika)oliy maktab(o‘quv yurt)lari 
uchun darslik vazifasini o‘tab kelmoqda. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin