Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 277
w www.oriens.uz July 2021 Ruf bu grek anatomi va vrachi ham Rim imperatori Trayan hukmronlik davrida
faoliyat olib borgan Galendan keyingi mashhur tabib sanaladi.Uning asarlari Xunayn
ibn Ishoq tomonidan arab tiliga tarjima qilingan. “Saydana”da bu olim to‘rtta
paragrafda eslab o‘tiladi.
Jolinus –Klavdiy Galen e.o.129-yilda kichik Osiyodagi Pergam shahrida
tug‘ilgan va u Gippokratdan so‘ng eng yirik antik vrach hisoblanadi. Beruniy
Jolinusning quyidagi asarlaridan foydalangan:“Sodda dorilar haqida kitob”, “Oson
tayyorlanadigan dorilar haqida”, “Dori tayyorlash xususida kitob”, “Kasalliklarga
qarshi dorilar”, “Taryoq”, “Ovqatlar haqida kitob”, “Davolash usuli”, “Glaukonga
bag‘ishlangan kitob”, Bulardan tashqari Beruniy uning asarlariga yozilgan sharhlarni
ham tahliliy o‘rgangan.
Aflimun Gippokrat (Buqrot)ning zamondoshi bo‘lgan mashhur olim
hisoblangan. Beruniy uning “Suv havozalari” asaridan iqtiboslar keltirgan.
Filagriy eramizdan oldingi IV-asrda yashagan tabib.U «Saydana» asarida bir
o‘rinda keltirilgan.
Oribaziy (325-402 yoki 403-yillarda yashagan).Bu vrach 70 kitobdan iborat
ensiklopediya yozgan.U o‘g‘li uchun “Sinopsis” asarini yozib bergan.Beruniy
Oribaziyni 70 ta paragrafda eslatgan.
Atyus al-Amidiy (502-575-yillarda yashagan), u 16 jildlik tibbiy to‘plam
muallifi sanaladi. Beruniy o‘zining “Saydana” kitobida Al-Amidiyning “Kunnashu
Amidiy”(Amidiy to‘plami) asarini 28 o‘rinda keltirib o‘tgan.
Stefan-ehtimol Stefan al-Iskandariy bo‘lib, u imperator Irakliy podsholigi
davrida (610-641-yillarda) Konstantinopolda saroyda vrachlik qilgan. «Saydana»da
bu vrach faqat bir o‘rinda eslatilgan.
Pavel (615-690-y.y.) Egin orolida tug‘ilib o‘sgan, Arablar u yerni ishg‘ol etgach,
Iskandariyada yashagan qadimgi grek medisinasining eng so‘nggi vakili hisoblanadi.
Pavel yetti kitobdan iborat tibbiyot ensiklopediyasining muallifi sanaladi. Beruniy
uning asarlaridan 190 ga yaqin iqtiboslar keltirgan.
Abu Jurayj-Abu jurayj Ar Rohib, u xristian vrachlik maktabi vakillaridan biri
bo‘lib, yozma asarlari nomi keltirilmagan.Biroq “Saydana” kitobida Beruniy
tomonidan 25 ta paragrafda zikr etib o‘tilgan.
Jurjiys-Jurjis ibn Jibril ibn Buxteyshu, fors xristianlari vrachlik maktabi vakili
sanaladi.(VIII-IX asrlar).Jurjis grek medisinasi asarlarini arab tiliga tarjima qilishni
boshlab berganlardan hisoblanadi.Suryoniy tilida uning “Kunnash”(To‘plam) asari
ma’lum. ”Saydana”da Jurjisning bu kitobidan bitta iqtibos keltirilgan.