2021 uyg‘ur tilidagi o‘simlik nomlarida arabizmlar gisarov F. M


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix24.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#70194
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
uyg-ur-tilidagi-o-simlik-nomlarida-arabizmlar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
282 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
Abdurahim Yusup bosh tuzuvchi bo‘lgan mazkur II qismli tabobat darsligining 
muallifi Ali Hoji Emchidir.Kitobni tuzishda Ruqiya Qovuz hamda Abul Qosim 
Muhammad Siddiqlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shgan.1987-yilda Shinjong 
Uyg‘ur tabobatchilik oliy texnikumiga asos solinib, kechki ta’lim boshlanadi.1998-
yildan esa Shinjong tibbiy universiteti va Cho‘nglar maorif instituti birlashib, 
davolash va dorivorchilik kasblari bo‘yicha o‘qish ishlari yo‘lga qo‘yildi.2005-yildan 
buyon Jiyonshi Jo‘ngyi tabobatchilik instituti bilan birlashdi.Uyg‘ur tabobatining 
to‘liq davolash va dorigarchilik fakulteti ochilib, kunduzgi hamda kechki bo‘limlarga 
talabalar qabul qilinib kelinmoqda. 
Mahmud Qoshg‘ariy asarining nomiga e’tibor qaratilsa, “Devonu lug‘oti-t-turk” 
so‘z birikmasining o‘ziyoq arab tilida ekanligi ko‘rinadi, tarjimasi “Turk tillari 
devoni(qomusi)”. 
X asrlardan boshlab Markaziy Osiyo mintaqalariga arab tilidagi yangi 
madaniyat va ilm-fanning kirib kelishi natijasida maorif ishlari, ya’ni maktab, 
madrasalarda ta’lim arab tilida olib borilgan. Ilm ahli ta’lim olish, ilmiy ishlarni 
amalga oshirish maqsadida Arab xalifaligining markazlari bo‘lgan Kufa, Bag‘dod, 
Misr kabi shaharlarga borishgan va arab tilida ijod qilganlar. Mahmud 
Qoshg‘ariyning ushbu asari ham arab tilida yozilganligi bejiz emas. Shinjong Xalq 
Sixxiya nashriyotida 2012 yilda chop etilgan II qismdan iborat ”Uyg‘ur tabobati xom 
dorilar ilmi”ensiklopediyasida qayd etilgan dorivor o‘simliklar nomlari o‘rganib 
chiqilganda ushbu atamalarning ham taxminan 25% i arabcha ekanligi ko‘zga 
tashlandi. Bu atamalarni aynan arab tilidan o‘zlashgan atamalar deyish unchalik 
o‘rinli bo‘lmasa kerak. Uyg‘ur tabobatida uyg‘ur xalq tilida ma’lum va qo‘llanib 
kelingan shifobaxsh o‘simliklar nomlari arab tiliga o‘girilgan deyish to‘g‘riroq 
bo‘ladi, chunki bu so‘zlar arab tili Markaziy Osiyoga kirib kelishidan oldinroq 
mahalliy xalqlarning milliy tillarida mavjud edi. 
Mahmud Qoshg‘ariyning jahon ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasi uyg‘ur tilidagi 
atamalarni arab tiliga o‘girib, o‘z davri ilm ahliga tanishtirganligidir. Mutafakkir 
olimning Devonida keltirilgan nomlar orqali dorivor o‘simliklar arab tilida ham o‘z 
muqobillarini topa oldi.“Uyg‘ur tabobati xom dorilar ilmi” ensiklopediyasi hozirgi 
kunlarda Shinjong-Uyg‘ur avtonom rayoni Tibbiyot ilmgohlarida asosiy darslik 
sifatida o‘qitilmoqda. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin