21
ko‘nikmalarini egallab, maqsadga erishish uchun mustaqil qaror qabul
qilish kompetentligini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi [25].
“Kvest” texnologiyasi asosida o‘tiladiga mashg‘ulot mavzularini
loyihalash, ularni amalga oshirish uchun ijodiy va motivatsiyali
jarayon hisoblanadi. Shu bois, ushbu texnologiyani malaka oshirish
jarayonida qo‘llash samarali hisoblanadi.
Mazkur texnologiyadan foydalanib berilayotgan topshiriq
syujetlari har xil bo‘lishi mumkin – detektiv, ilmiy-fantastik filmlar va
kitoblar, mashhur kompyuter o‘yinlaridan tortib, noyob mualliflik
ssenariylariga qadar.
Shubhasiz, material yangi ma’lumotni
mustaqil olish va
tizimlashtirish jarayonida yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Shuning uchun,
ta’lim jarayonida “Kvest” texnologiyalaridan foydalanish orqali
zamonaviy axborot jamiyatining talablariga mos mutaxassislarni
malakasini oshirish, kasbiy kompetentligini rivojlantirishga,
shaxsiy
fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi [26]. Shu bois, “Kvest”
texnologiyasidan foydalanish orqali malaka oshirish kursi
tinglovchilarning kompetentligini rivojlantirish masalasi dolzar
hisoblanadi.
Ta’lim topshiriqlari loyiha faoliyatini o‘z ichiga oladi. Sinfda
loyiha usuli va o‘yin texnologiyalari sinteziga asoslangan “Kvest” –
loyiha faoliyatidan foydalanish muvaffaqiyatli hisoblanadi. Bu usul
sarguzasht yoki o‘yin bilan bog‘liq uzluksiz va yo‘naltirilgan
qidirishdan iborat. Uni amalga oshirishning turli shakllari bo‘lishi
mumkin: ta’lim
veb-topshiriqlari; sarguzasht, o‘yin vazifalari; jonli
topshiriqlar.
O‘quv va tarbiyaviy maqsadlarini amalga oshiradigan,
muammoli va rolli o‘yin elementlari bo‘lgan muayyan muammoli
vazifani bajarishga qaratilgan jonli topshiriqlar
alohida qiziqish
uyg‘otadi. SHu bilan birga, maqsadga erishish uchun, harakat sodir
bo‘ladigan hududning resurslari, axborot resurslaridan foydalanish
mumkin [27].
Ta’lim oluvchi “Kvest” texnologiyasi
asosida loyihasi ustida
ishlash jarayonida real jarayonlarni o‘rganadilar, muayyan vaziyatlarni
22
boshdan kechiradilar, hodisalarga chuqur kirib boradilar, yangi
jarayonlar va ob’ektlarni quradilar. Axborot faoliyati nuqtai nazaridan,
“Kvest” loyihasi ishtirokchilari, ular ustida ishlayotganda,
kelajakda
ma’lumotlarni qidirish, saqlash, uzatish va tahlil qilish uchun zarur
bo‘lgan ko‘nikmalarni, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni
solishtirish qobiliyatini shakllantiradilar hamda taqqoslashning asosi,
yangi ma’lumotlarini sintez qiladi [27].
Bu usul malaka oshirish kursi tinglovchilarning umumiy va
kasbiy kompetentligini rivojlantirsh uchun samarali hisoblanadi: har
xil kontekstlarga nisbatan kasbiy faoliyat muammolarini hal qilish
yo‘llarini tanlash; kasbiy faoliyat vazifalarini
bajarish uchun zarur
bo‘lgan ma’lumotlarni qidirish va tahlil etish; jamoada ishlash,
hamkasblar, rahbariyat bilan samarali muloqot qilish; kasbiy
faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish; vazifalarni bajarish
natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish bilan, ularning ishini
tashkil
etish
va
nazorat
qilish;
muammolarni
hal
qilish,
tavakkalchiliklarni baholash va nostandart vaziyatlarda qaror qabul
qilish; tarkibiy bo‘linmaning ishini rejalashtirish
va tashkil etishi;
faoliyat jarayonini va natijalarini tahlil qilish.
“Kvest” texnologiyasining yuqorida qayd etilgan imkoniyatlarini
hisobga olgan holda malaka oshirish jarayoniga tadbiq etish orqali
samarali natijaga erishish mumkin degan xulsaga keldik. SHu bois,
ushbu texnologiya asosida darslarni loyihalashning texnologik
xaritasini ishlab chiqildi (2.1-jadvalga qarang). Texnologik xaritani
ishlab chiqishda E.A. Igumnova [27], I.M.Logvinova [28],
N.YA.Moroz [29] larning ilmiy va uslubiy ishlaridan foydalanilindi.
Dostları ilə paylaş: