1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
D.O‘.QARSHIYEVA
DARSLARNI “KVEST”
TEXNOLOGIYASI ASOSIDA
LOYIHALASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Uslubiy qo‘llanma
“QAMAR MEDIA” NASHRIYOTI
TOSHKENT – 2022
2
UO'K 37.01(072)
BBK 74.202.5
Q 22
D.O‘.Qarshiyeva. Darslarni “Kvest” texnologiyasi asosida
loyihalashni takomillashtirish.Uslubiy qo‘llanma –
Toshkent, 2022-
yil, 52 bet.
Mas’ul muharrir:
I.Aminov –
SamDU dotsenti.
Taqrizchilar:
M.Fayziyev –
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
dotsenti;
B.Usmonov –
Samarqand viloyati XTXQTMOHM dotsenti.
Uslubiy qo‘llanmada ta’limda nisbatan yangi bo‘lgan ta’lim
texnologiya “Kvest” texnologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan
Uslubiy qo‘llanma barcha toifadagi malaka oshirish
o‘qituvchilari, shuningdek, talabalar va qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-7904-1-4
Uslubiy qo‘llanma Samarqand viloyati XTXQTMOHM Ilmiy
metodik kengashining 2021-yil 30-dekabrdagi 6-sonli qarori bilan
nashrga tavsiya etilgan.
© D.O‘.Qarshiyeva
© “Qamar media” nashriyoti
3
Dunyo miqyosida kasbiy malaka oshirish
tizimini globallashuv sharoitlarga moslashtirish
hamda maktab o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy
rivojlantirishni tashkiliy-metodik asoslarini tadqiq
etishda tizimli yondashuvli metodlar va zamonaviy texnologiyalarini
joriy etishga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqot
natijalari malaka oshirish tizimini modernizatsiyalash asosida
pedagog kadrlarning mustaqil o‘zini o‘zi shaxsiy va kasbiy
rivojlantirish motivlarini rag‘batlantirish hamda ularning “Kvest”
texnologiyasi asosida darslarni loyihalashga oid kompetentligini
rivojlantirishning
optimal yondashuvlar bilan bog‘liq ilmiy
ishlanmalar ko‘lamini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda xalq ta’limi xodimlarining ta’lim va tarbiya
jarayonini takomillashtirish, malaka oshirish jarayonida maktab
o‘qituvchilarining darslarini loyihalash kompetentligini rivojlantirishni
sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish imkoniyatlarini oshirmoqda.
O‘z navbatida, malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning “Kvest”
texnologiyasi asosida darslarini loyihalashga oid kompetentligini
rivojlantirishning yangicha yondashuvlarini tadqiq etish zaruriyati
paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-
tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
farmonida «pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat
samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish, malaka oshirish tizimini «hayot davomida o‘qish» tamoyili
asosida takomillashtirib borish»[1] kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Bu borada, malaka oshirish jarayonida maktab o‘qituvchilarining
“Kvest” texnologiyasi asosida darslarni loyihalashga oid
kompetentligini rivojlantirishni algoritmi didaktik o‘quv vositalari
asosida
takomillashtirish,
loyihalashga
oid
kompetentligini
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
KIRISH
4
kvest texnologiyasi asosida darslarni loyihalash mavzusining
dolzarbligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2018 yil 25 yanvardagi
PF-5313-sonli «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2019
yil 29 apreldagi PF-5712-sonli «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi, 2020 yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108-sonli Farmoni, 2021 yil 25
yanvardagi «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab
quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-4963 qarorlari [2], [3], [4], [5]
hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu kvest darslarini
loyihalash mavzusidagi uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda muayyan
darajada xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |