Bugungi kunda mamlakatimizning pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini
oshirish uchun zarur metodik shart-sharoitlarni
yaratish hamda ularni darslarini loyihalashga oid
kasbiy
kompetentligini
shakllantirish
va
rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish zaruriyati tug‘ilmoqda.
Malaka oshirish jarayonida maktab o‘qituvchilarining darslarini
loyihalashga oid kompetentligini rivojlantirishda interfaol ta’lim
texnologiyalarini, xususan «Kvest» texnologiyasidan foydalanish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu texnologiyadan foydalanish
uchun dastlab unga oid tushuncha, imkoniyatlari, xususiyatlari,
qo‘llash bosqichlari, algoritmi bo‘yicha tadqiqotchilarning fikrlarini
hamda ularni tadqiqotlarini tahlil etish lozim.
1.2. «KVEST» TEXNOLOGIYALARINING DIDAKTIK
IMKONIYATLARI
8
Dastlab “Kvest” qadimgi sivilizatsiyalar davrida paydo bo‘lgan
va insoniyatni butun tarixi davomida unga hamroh bo‘lgan, deb
taxmin qilishimiz mumkin. Chunki “Kvest” – bu jumboqli texnologiya
hisoblanadi. Insoniyat esa har doim jumboqlarni yechishlari uchun
turli xil izlanishlarni olib borgan. Ular turli vaqtlarda yashiringan
xazinalarni va tabiiy boyliklarni topishga oid izlanishlar olib
borganlar.
Ma’lum vaqtgacha “Kvest” va pedagogika parallel ravishda
mavjud bo‘lib, ular bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan. Bu boradagi
inqilob kompyuter texnologiyalari tufayli sodir bo‘ldi. “Kvest”
texnologiyasi pedagogikaga 20-asrning oxirida, ya’ni kompyuter
o‘yinlari dunyosi rivojlangandan so‘ng kirib keldi. O‘tgan asrning 90-
yillarida “Sierra” kompyuter kompaniyasi Kingʼs Quest, Space Quest,
Police Quest kabi o‘yinlarini yaratdi [8]. Ushbu ishlab chiqilgan
ba’zi kompyuter o‘yinlari “Kvest” nomi bilan atala boshlandi. Bu
borada E.A.Igumnovaning fikriga ko‘ra, “Kvest” – ma’lum bir maqsad
uchun kerakli ma’lumotlarni qidirishdir. Uning ta’kidlashicha “Kvest”
tushnchasi kompyuter o‘yinlari dunyosi rivojlanishidan paydo bo‘lgan
[9].
Dastlab “Kvest” atamasi ta’lim texnologiyasi sifatida 1995 yil
San-Diego Universitetining (AQSH) ta’lim texnologiyalari professori
Berni Dodj tomonidan taklif etgan [9].
Bundan so‘ng, “Kvest” va “Veb-kvest” texnologiyasining
imkoniyatlari, ushbu texnologiyani ta’lim jarayonida qo‘llash
algoritmi, bosqichlari, usulariga oid tadqiqotchilar tomonidan ilmiy-
izlanishlar olib borgan hamda ular tomonidan turlicha ta’riflar
keltirilgan, xususan E.F.Mostkovaning fikriga ko‘ra, “Kvest” – bu
inglizcha qidirish, jumboqli o‘yin degan ma’noni anglatib, virtual yoki
real maydonda joylashtirilgan har xil turdagi onlayn va offlayn
o‘yinlardir. Bu o‘yinning o‘ziga xos shakli ishtirokchilarga berilgan
vazifalar echimini topishni talab qiladigan intellektual faoliyatdir.
Shuning uchun “Kvest” texnologiyasi maktab o‘quvchilari, talaba-
yoshlar uchun qiziqarli o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi [10].
9
“Kvest” texnologiyasini intellektual o‘yin turi deb, ta’riflash
mumkin, uning jarayoni maxsus tayyorlangan xonada bo‘lib o‘tadi.
Bunda berilgan vazifalarni hal qilish orqali fanni o‘zlashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, “Kvest” texnologiyasi
maktab o‘quvchilari, talabalar, yoshlar uchun qiziqarli ta’lim
texnologisi hisoblanadi.
Kvesti texnologiyasi – bu o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning
muammoli shakli, o‘qitishning muammoli, tadqiqot, o‘yin va axborot-
kommunikatsiya usullarini integratsiyalash, maqsadli qidirishni
birlashtirish, sarguzashtlar va (yoki) bosqichma-bosqich topshiriqlarni
bajarishga asoslangan hamda o‘quvchi-talabaning o‘zini-o‘zi
tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradi [11]. SHuningdek,
“Kvest” texnologiyasi muammoli vaziyat bo‘lib, uni hal etish
jarayonida ta’lim oluvchining yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallaydilar [12].
Bugungi kunga qadar “Kvest” texnologiyalarining qo‘llashni har
xil turlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni I.N.Sokol quyidagicha
klassifikatsiyalaydi [13]:
- o‘tkazish shakli bo‘yicha:
a) kompyuter o‘yinli “Kvest”lar. Ya’ni, kompyuter o‘yinlari
yordamida ta’lim berish.
b) “Veb-kvest”lar. Veb-resurslarni qidirish va tahlil qilish (veb-
sayt, axborot-ta’lim muhitlari, virtual lug‘at va boshqalar);
c) QR “Kvest”lari (QR kodlaridan foydalanish);
d) media-“Kvest”lar (Media-resurslarni izlash va tahlil qilish).
Ushbu turdagi “Kvest”larga foto va video resurslar kiradi;
e) tabiatdagi “Kvest”lar (ko‘chalar, bog‘lar va boshqalar);
- o‘tkazish uslubi bo‘yicha:
a) aniq vaqtda ta’lim olish. b) amalga oshirish davriga ko‘ra
“Kvest”lar. Bularga qisqa muddatli kvestlar (bilimlarni mustahkamlash
va ularni tizimlashtirish);
b) uzoq muddatli “Kvest”lar. Bularga bilimlarni mustahkamlash
va o‘zgartirishga mo‘ljallangan uzoq muddatli, ya’ni bir semestr yoki
o‘quv yili davomida;
10
- ish shakli bo‘yicha: guruh; individual;
- mavzu bo‘yicha: mono “Kvest”;
- fanlararo “Kvest”;
- tuzilishiga ko‘ra: chiziqli; tarmoqli;
- axborot-ta’lim muhiti bo‘yicha:
a) an’anaviy ta’lim muhiti;
b) virtual ta’lim muhiti;
s) texnik platformada: virtual kundaliklar va jurnallar; saytlar;
forumlar;
d) google – guruhlar, Wiki – sahifalar, ijtimoiy tarmoqlar;
- talabalarning dominant faoliyatiga oid:
a) tadqiqot ishi bo‘yicha izlanishlari;
b) axborotlarni izlash;
s) ijodiy izlanish;
d) qidiruv vazifasi;
e) o‘yin vazifasi.
- aloqa xususiyati bo‘yicha:
a) bitta sinf yoki maktab o‘quvchilari;
b) bitta tuman o‘quvchilari.
Ilmiy-uslubiy manbalarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, uzluksiz
ta’lim jarayonida “Veb-kvest”lar (virtual - Internetda) va “Kvest”
("jonli" “Kvest”lar - tabiatda, ko‘pincha virtual qidiruvni real
hayotdagi faoliyat bilan birlashtiradigan sinfda, muzeyda va
hokazo)lardan foydalanish samarali natijalarga erishish mumkinligiga
amin bo‘ldik.
Tadqiqotchilarning ilmiy-uslubiy ishlaridagi fikrlarini tahliliga
ko‘ra, “Kvest” texnologiyasini quyidagicha talqin qilish mumkin:
1. Ta’lim oluvchining aqliy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan
o‘yinli o‘qitish texnologiyasidir;
2. O‘yin asosida ta’lim olishga qaratilgan ko‘p tarmoqli
texnologiyadir.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha ta’riflarni hisobga
olgan holda, “Kvest” texnologiyasi birinchi navbatda ishtirokchi
uchun syujet orqali aqliy muammolarni hal qilishni talab etadigan
11
sarguzashtli kompyuter o‘yini, ikkinchidan esa interaktiv ekskursiya
sifatida qarash lozim.
“Kvest” texnologiyasini – bu rol o‘ynli texnologiyasi deb, talqin
qilish mumkin, ushbu texnologiyani auditoriyada va auditoriyadan
tashqari vaqtda hamda turli joylarda tashkil etish mumkin [14], [15].
Bu
borada,
ya’ni
rolli
o‘yin
texnologiyasiga
oid
N.X.Avliyakulov, N.N.Musayevaning fikriga ko‘ra – bu ma’lum bir
shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajaradigan aqliy holatlar, hatti-
harakati ishlanadi, rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi [16].
H.T.Omonov, N.X.Xo‘jaev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonovlarning
ta’kidlashicha rolli o‘yinlarni ishchanlik yoki ishbilarmonlik o‘yinlar,
deb ta’riflaydi. Ya’ni rolli o‘yin – bu muammoli topshiriqlarni bir
ko‘rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday
mashg‘ulotlarning asosiy belgisidir. Ularning fikriga ko‘ra,
ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik,
ijodkorlik, artistizm, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi vazifalarni
namoyish qilishga keng imkoniyat yaratadi. Bunda o‘qituvchi har bir
o‘quvchilarning salohiyatiga mos holda vazifa berish juda muhimdir.
Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo‘lmasligini ham talab
etadi. O‘quv mashg‘uloti hayotdagi aniq vaziyatga ko‘proq
yaqinlashadi [17].
O.V.Gorbunovaning ta’kidlashicha, “Kvest” texnologiyasi – bu
rol o‘yin elementlari bilan muammoli vazifalar majmuini o‘z ichiga
olgan, uni amalga oshirish uchun har qanday manbalar va birinchi
navbatda Internet-resurslar talab qilinadigan pedagogik texnologiyadir.
Uning fikricha fanga oid qo‘yiladigan muammoli savollarga javob
topishda internet texnologiyalaridan foydalanishga yo‘naltirish lozim
[18].
Demak, ta’lim “Kvesti” – bu loyiha uslubi g‘oyalarini, jamoaviy
ish va AKTni o‘rganish hamda ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash g‘oyalarini
integratsiyalashgan yaxlit texnologiyadir. Asosiy muammoli va bir
qator yordamchi topshiriqlarni sarguzashtlar bilan yoki ma’lum bir
syujetga ko‘ra o‘ynashda maqsadli qidirishni ta’minlaydi. Shu bois,
12
“Veb-kvest”ni “Kvest” texnologiyasining bir turi sifatida e’tirof etish
mumkin.
“Kvest” texnologiyasi va pedagogikadagi an’anaviy o‘yinlarning
farqi muammoli xarakterdagi vazifalar va Internetda ma’lumot
izlashda, “Veb-kvest”lar uchun esa – ochiq axborot maydoniga
sho‘ng‘ishdir (Internetdagi “Kvest” natijalarining taqdimoti, ya’ni
veb-saytlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda, maxsus kompyuter
dasturlaridan foydalangan holda). Bu ta’lim texnologiyalsining
qo‘llanilishi zamonaviy jamiyatni ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan
belgilanishini yana bir bor ta’kidlaydi.
Shunday qilib, “Kvest” texnologiyasi, har qanday pedagogik
texnologiya singari, tarkibiy elementlar va ularning mazmuniga
qo‘yiladigan talablar bilan ifodalanadigan o‘zgarmas qismga ega.
O‘zgaruvchanlik afsonani, syujetni va boshqalarni rivojlantiradigan
ta’lim beruvchining faoliyatida amalga oshiriladi. Bunda pedagogik
mahorat, ta’lim oluvchining o‘ziga xos xususiyatlari va ta’lim
tashkilotining imkoniyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktab
o‘qituvchilari oldida o‘qitiladigan o‘quv fanlarini
mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarning kreativ
fikrlashini oshirishga qaratilgan dars ishlanmalarni
loyihalash muammosi mavjud bo‘lib, ularni
bartaraf etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Uning echimi o‘qituvchidan ilmiy va uslubiy fikrlashni, o‘quv
predmeti mazmunini loyihalashtirish qobiliyatini, o‘z mutaxassisligiga
oid malakalarini oshirishni, ya’ni yuqori darajadagi uslubiy
kompetensiyaning namoyon bo‘lishini talab qiladi. Buni esa “Kvest”
texnologiyasidan foydalanib, samarali natijalarga erishish mumkin.
Hozirgi vaqtda o‘qituvchilarning “Kvest” texnologiyasi
yordamida loyihalashga oid kompetentligini rivojlantirish dolzarb
Dostları ilə paylaş: |