yagona elektron platforma orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar,
tadbirkorlar — deyarli barcha qoʻllamoqda. 2016-yilda
Jahon banki dunyodagi
raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta “Raqamli dividendlar” nomli
maʼruza eʼlon qildi.
Raqamli iqtisodiyotning yangi konsepsiyasi inson faoliyati doirasidagi barcha
informatsiyani raqamlashtirish texnologiyalarini qoʻllab saqlash, ishlov berish va
uzatishning yagona tizimidir. Iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib
yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyati tugʻiladi. Iqtisodiyotni
raqamlashtirish
kelajakda
real
raqobatbardoshlikni
uzoq
muddatga
saqlab
qolish
imkoniyatidir. Ayniqsa, quruqlik bilan oʻralgan va jahon portlariga chiqish yoʻli
uzoq boʻlgan Oʻzbekistondek davlat uchun bu muhim masala.
Raqamli iqtisodiyot elektoral madaniyatning yuksalishi hamdir. U taraqqiy etsa,
biz ana shu aqliy qoloqlikdan qutulamiz. Aqliy qoloqlikdan qutulish orqali vaqtdan,
ogʻir yoki ortiqcha mehnatdan xalos boʻlamiz, sifat koʻrsatkichiga ega chiqamiz,
ilgʻor davlatlar va xalqlarga yaqinlashamiz, jumladan, kambagʻallik ham
kamayadi. Aqlni oʻstirishning eng asosiy yoʻli esa taʼlim tizimini yuksaltirishdir.
Xullas, bunday islohotlar kimga yoqmaydi, deysiz? ! Barchaga manzur narsaga ega
boʻlish uchun hamma intilishi kerak.
Shunday ekan, davlat rahbari tomonidan joriy yilga “Ilm, maʼrifat
va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berilishi ham bejiz emas. Raqamli
iqtisodiyotga oʻtish kelgusi besh yildagi eng ustuvor maqsadimiz boʻlishi haqidagi
taʼkid esa bevosita ilm-maʼrifatni rivojlantirish bilan chambarchas bogʻliq.
Binobarin, bugungi tezkor zamonda jahon boʻylab globallashuv jarayonlari tobora
chuqurlashib borayotgan sharoitda raqamli iqtisodiyot ilgʻor davlatlar
iqtisodiyotining barcha tarmogʻida keng joriy etilmoqda. Hattoki, ayrim
mamlakatlar ushbu sohaning eng yuqori choʻqqisi hisoblangan sunʼiy
intellektdan
faol foydalanishga oʻtganiga guvoh boʻlyapmiz.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga koʻra, raqamli
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, shuning barobarida,
xufiyona iqtisodiyotga barham berish hamda korrupsiyani keskin kamaytirish
imkonini berar ekan. Koʻrinib
turibdiki, mazkur soha yurtimizda barcha soha va
tarmoqning yuksak rivojiga jiddiy turtki boʻladi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “yashirin
iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir.
Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi,
kerak paytda
maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish,
yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida toʻliq axborot bermaslikning iloji
yoʻq, kompyuter hammasini namoyon qilib qoʻyadi.
Maʼlumotlar koʻpligi va tizimliligi yolgʻon hamda qingʻir ishlarga yoʻl
bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada, iborali aytganda,
pullarni
“yuvish”, mablagʻlarni oʻgʻirlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo
yashirib koʻrsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablagʻlar oqimini
oshiradi, soliqlar oʻz vaqtida hamda toʻgʻri toʻlanadi, byudjet taqsimoti ochiq
boʻladi, ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar oʻgʻirlanmaydi,
maktablar,
shifoxonalar, yoʻllarga ajratilgan pullar toʻliq yetib boradi va hokazo.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlini tanlaganligi axborot
texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasida yangi
yoʻnalishlar ochib beradi.
Raqamli texnologiyalar tomon burilishga esa butun jahon internet tarmogʻi
hamda sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi boʻlgani ayni haqiqat.
Dostları ilə paylaş: