Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
40 − kompyuterlardan foydalanganda o‘quvchi chet tilidagi video roliklarni,
namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi mumkin;
− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va
tomosha qilish mumkin;
− ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;
− CD pleyerlardan foydalanish mumkin.
Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini o‘rganishlari
jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo‘lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda
maktablarda interfaol o‘yinlar orqali dars o‘tish an’anaga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, darsning turli xil o‘yinlar asosida o‘tilishi o‘quvchilarning imkoniyatlarini
namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kuchli
bo‘lishlarini ta’minlaydi. O‘yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o‘quvchini
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning
ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini
namoyon qilish, hayotda barqaror o‘rnini topish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z
imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday
o‘yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O‘quv
o‘yinlariga o‘quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O‘yinlar jarayonida o‘quvchi
oddiy darsga qaraganda bu mashg‘ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat
ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o‘yin eng avallo, o‘qitishning bir usulidir. O‘quvchilar
o‘yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g‘alaba qozonishga intiladilar, o‘qituvchi ular
orqali o‘quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O‘quvchi inglizcha o‘yin o‘ynab, gapira
olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Biz
bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o‘quvchi sub’ekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq
interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili
darslariga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Statlari,
Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan
foydalanib kelishmoqda:
− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo‘llash
uchun hikoyaning boshlanishi o‘qib beriladi qanday yakun topishi o‘quvchilar,
talabalar hukmiga havola qilinadi;
− “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish
Ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan
so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar;
− “Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan dars samaradorligini oshirishda
yordam beradi;