Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
38
Har bir o‘qituvchi ingliz tili o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarnung shaxs
sifatida
shakllanishi, rivojlanishi, bilim olishi va uni egallashga sharoit yaratadi. Til
o‘rganish asosida o‘quvchi, talabalarda fanni o‘rganib ingliz tilining grammatikasini
bilgan holda erkin muloqot qilishi, mustaqil holatda fikr bildira olishi, tafakkur qilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ingliz tili darslarini ilg‘or
zamonaviy
usullar, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llab darsni tashkil qilish
ularning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda, og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirishda o‘rni salmoqli sanaladi. O‘quvchi yoshlarga ingliz tilini o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ulardagi mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, qo‘llab-
quvvatlash ishlarini olib borish bu tilni tezroq o‘rganishga yordam beradi.Shuning
uchun o‘quvchilarni ingliz tilini o‘rganishga oid quyidagi ishlarni amalga oshirish
zarur
• turli elekron manbalar bilan ta‘minlash ishlarini olib borish;
• taʼlim muassasalarida til o‘rganish bo‘yicha metodik ta’minotni yaratish;
• mavjud o‘qitilayotgan darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirish;
• dars jarayoniga kuchli va malakali mutaxassislarni jalb qilish;
• o‘quv jarayoniga yangi taʼlim texnologiyalarining yetarli darajada joriy etish;
• o‘qitishda o‘quvchilarni rag‘batlantirish ishlariga e’tibor qaratish va baholash
tizimi sifatini nazorat qilish.
Ingliz tili darslarining sifat va samaradorligini nazoratga olish,
olingan
ma’lumotlarni asosiy qismini kundalik hayotdan olish ulardagi nutq ko‘rinishlarida
o‘sganlida namoyon bo‘ladi. Darsda innovatsion texnologiyalardan foydalanish til
o‘qitish va o‘rgatish vositasi sifatida baholash ko‘plab ijobiy natijalarni, afzalliklarni
yuzaga kelishiga yordam beradi.
Innovatsiya (inglizcha “innavatsion”) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik,
o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda ahamiyatli jihatga ega. Interaktiv
metodlar – bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, yaʼni pedagogik taʼsir etish usullari
bo‘lib, taʼlim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Interaktiv metodlarning o‘ziga
xos xususiyatlaridan
biri shundan iboratki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan
hamkorlikda, birgalikda faoliyat olib borishi vositasida amalga oshiriladi. Bu kabi
hamkorlikdagi faoliyat o‘quvchilarning
bilimini kengaytirishga, kommunikativ va
nutqiy kompetensiyalar rivoji uchun asos bo‘ladi. Innovatsion texnologiyalardan
foydalanish o‘quvchilarning
tafakkuri, tasavvurlari, dunyoqarashi,
qiziqishlarini
orttirish bo‘yicha olib borilgan ishlarda o‘z ifodasini topadi. Makkartining
taʼkidlashicha, “chet tillarini o‘qitish metodologiyasi o‘tgan yarim asr davomida juda
rivojlandi. Turli vaqtlarda grammatik tarjima,
audio-lingvistik tuzilish, global