Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
39 audiovizual, induktiv-deduktiv, funksional, g‘oyaviy, situatsion, kommunikativ,
immersiya, o‘rganish-olish, tavsiya va boshqalarda olib borilgan”. Binobarin, dars
jarayonida audiovizual vositalardan foydalanish natijasida xotirada so‘zlarning
semantik ma’nosini yodda saqlash va leksik birliklarni qo‘llash ko‘nikmasi
takomillashadi. Ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va
interaktiv metodlar o‘quvchi-yoshlarning yuqori darajada bilimli, keng darajada yuqori
malakaga ega bo‘lishini taʼminlaydi . Shuni aytish lozimki, o‘quvchilar ingliz tilini
o‘rganishlari uchun bu tilning grammatikasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarga
ega bo‘lishi uchun ular, avvalo, o‘z ona tilisining grammatikasini yetarli darajada
bilishi va jonli nutqda to‘liq rioya qilishi bilan xarakterlanadi. Xususan, o‘quvchilar
nutqida faol bo‘lgan leksik birliklardan biri bu olmosh sanaladi. Dastavval, olmosh
haqida ona tili grammatikasidagi bilim, ko‘nikmalar hosil qilingan bo‘lsa, ingliz tilida
shu mavzuni oson tushunib yetadi. “Ingliz tilida ham o‘zlik olmoshi mavjud. Ingliz
tilida o‘zlik olmoshi egalik olmoshlariga (my, your, your, her) va kishilik olmoshlariga
(him, it, them) –self so‘zi qo‘shish orqali yasaladi. O‘zbek tilida ushbu so‘z o‘z so‘ziga
to‘g‘ri keladi”
1. O‘zaro suhbat va matn yaratishda, o‘zlik olmoshi bilan hosil qilinadigan tobe
bog‘lanishni mustaqil tuza oladi. “Avgorning individual uslubini va uning asaridagi
milliy xususiyatlarni saqlab qolishdek muhim vazifani hal qilish yo'lidagi
qiyinchiliklar ma'lum darajada leksika va frazeologiyani tarjima qilish masalalari bilan
vobastadir”
2. Lekin o‘quvchilar nutqida ayniqsa frazeologiyaning ingliz tilidagi tarjimasi
biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion
texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda
tutadi. Xususan, chet tilini o‘rganishda bunday axborot-kommunikatsion
texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o‘rganish va
o‘qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan
foydalanish chet tili o‘rganishning har bir aspect (o‘qish, yoish, tinglab tushunish va
gapirish)ida qo‘l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,
CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til
o‘rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o‘quvchi bir paytning o‘zida
so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so‘z boyligi va uning
ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy
texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham axborot — kommunikatsion
texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi.
Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng
samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: