Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
41 − “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun
sinfda har xil o‘yinlardan foydalanish;
− “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak
bo‘lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda
foydalanilsa bo‘ladi;
− “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o‘quvchilarning og‘zaki nutqini
o‘stirishda yordam beradi;
− “Rolli o‘yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida
qo‘llanilishi mumkin. Hunarga o‘rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”,
“Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o‘quvchilar bilan suhbatlashishlari
mumkin;
− “Allomalar yig‘ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi
shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan
hikmatli so‘zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo‘lib tarbiyalanishiga
yordam beradi;
− “Rasmlar so‘zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo‘lib, ingliz
tilini o‘rgatishda, talaba, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda yordam
beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
− Kviz kartochkalari (quiz cards) o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar
tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa
vaqtni tejaydi.
XULOSA Ko‘rib chiqqanimizdek, har bir innovatsion texnologiya o‘ziga xos afzallik
jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
hamkorlik, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko‘zda tutiladi. Xulosa qilib
aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning
mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to‘g‘ri javob
berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o‘quvchida bilimga ishtiyoq uyg‘otadi.
O‘quvchi darslarga puxta hozirlik ko‘rishga intiladi. Bu esa o‘quvchilarni ta’lim
jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. Ta’lim tizimi o‘z oldiga erkin fikrlovchi,
barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo‘yar ekan, kelgusida biz bo‘lajak
o‘qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llarini yanada
mukammalroq ishlab chiqshimiz bilan o‘z xissamizni qo‘shishimiz mumkin.
Demak, o‘quvchilarga ingliz tilini innovatsion texnologiyalar va interaktiv
metodlar orqali o‘rgatish ularda bu tilni o‘rganish uchun, mavzu yuzasidan bilim,
ko‘nikma, malakalar hosil bo‘lishiga xizmat qiladi.