38
O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, mustaqil mutolaaga yo’naltirish.
Buyuk bobomiz, she’riyat mulkining sultoni, Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida
mukammal tushuncha berish.
Darsning uslubi: o’quvchilarda ulug’ ajdodlarimiz merosini o’rganishga
muhabbat tuyg’usini uyg’otish, suhbat, sahna ko’rinishi.
Darsning jihozlari: Alisher Navoiy portreti, shoir asarlari aks ettirilgan rangli
rasmlar, kitoblar namunasi, test savollari, kartochkalar, magnitofon.
Darsning borishi:
Tashkiliy bosqich.
O’qituvchi bolalar bilan salomlashadi. Bugungi sana, oy, kun haqida so’raydi.
2007 yil – «Ijtimoiy himoya yili»ning maqsad va mohiyati haqida qisqa va lo’nda
tushuncha beradi.
O’qituvchi: - Bolalar, hozir yozuv taxtasi yoniga 3 ta o’quvchini
taklif
etamiz. Marhamat (topshiriq beradi).
1-o’quvchi yozuv taxtasiga «qish» faslini aks ettiruvchi rasm chizadi.
2-o’quvchi faslga oid 2-3 ta gapdan iborat matn tuzadi.
3-o’quvchiga o’tgan mavzuni qanday o’zlashtirganini
bilish uchun savollar
beriladi. (X.To’xtaboevning «Xatosini tuzatgan bola» hikoyasi asosida savol-javob
o’tkaziladi).
1. qosimjonga qaerdan xat keldi?
2. U nima uchun «Devoriy gazeta»ga she’r yozib bermadi?
3. Davlatimiz ramzlarini sanab bering.
O’quvchilarning javoblariga mos ball qo’yib, rag’batlantiriladi. So’ngra 5 ta
savoldan iborat test topshirig’i topshiriladi.
O’qituvchi: - O’quvchilar, endi
test daftaringizni oching-da,
javob yozishga
tayyorlaning.
1) Ulug’ mutafakkirlardan kimlarni bilasiz?
A) Alisher Navoiy, Forobiy
B) Al Xrazmiy, Hakim Nazir
39
V) Forobiy, Borot Boyqobilov.
2) O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi matnini kim yozgan?
A) Z.Diyor
B) A.Oripov
V) M.Burxonov
3) Ruboiyga ta’rif berilgan qatorni toping.
A) Maqol
B) Topishmoq
V) To’rt qatordan iborat, chuqur falsafiy ma’noga ega bo’lgan she’r.
4) G’azal necha baytdan iborat bo’ladi?
A) 3 baytdan 10-12 baytgacha
B) 2 baytdan 8-10 baytgacha
V) 4 baytdan 7-9-baytgacha
5) G’azal mulkining sultoni kim?
A) A.Oripov
B) Alisher Navoiy
V) q.Muhammadiy.
Savol
1
2
3
4
5
Javob
a
b
v
a
b
Ball
Savollar bo’yicha to’g’ri javob topgan o’quvchilar
aniqlanib, ball qo’yib
rag’batlantiriladi.
Topshiriqni bajargan o’quvchilarga ham savollar beriladi.
Bajargan ishlari
izohlab baholanadi.
- Bayrog’imiz qachon qabul qilingan?
- qish fasli haqida ashe’r aytib bering.
O’quvchilar diqqatini jalb qilish maqsadida «Zanjir» nomli xotirani charxlash
o’yini tashkil etiladi. Uning sharti:
40
Ulug’ mutafakkirlardan kimlarni bilasiz? (Savolga o’quvchilar
ketma-ket
javob berishga harakat qiladilar).
Dostları ilə paylaş: