Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi


Alisher: - Assalomu alaykum, ustoz!  Lutfiy



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Alisher: - Assalomu alaykum, ustoz! 
Lutfiy: - Vaalaykum assalom, borakallo, biz faqirni ko’rgani kelibsiz
ash’orlaringizdan tinglaylik.
Alisher: - Bajonudil, ustoz! (g’azal o’qiydi): 
- Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh.
Lutfiy: «Borakallo, ofarin, agar imkon bo’lganda edi, umrim bo’yi yozgan 
barcha ash’orlarimni sizning shu ikki qator she’ringizga alishgan bo’lur edim».


42
(O’quvchilar rag’batlantiriladi). 
O’qituvchi: - O’quvchilar, barcha shoir va yozuvchilar o’zlariga taxallus 
tanlaydilar. Bobomiz o’zlariga nima uchun Navoiy taxallusini qo’yganligini 
quyidagi sahna ko’rinishidan bilib olamiz.
(Sahna ko’rinishi). 
Alisher bog’da o’tirib she’r yozadi va uni o’qiydi:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish, 
El anga shifiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, 
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish.
Alisher yoqimli ovozidagi ohang gul shohida qo’nib turgan bulbulga yoqib 
qolibdi.
Bulbul: - Ey, navqiron shoir, ovozing bulbulning erta tongdagi navosidan 
ham yoqimli ekan. Ismingni bilsam bo’ladimi?
Alisher: - Ha. Mening ismim Alisher.
Bulbul: - Bildim, bildim, siz yosh shoirsiz. Endi o’zingizga munosib taxallus 
qo’ying.
O’qituvchi: - Alisherga boyagi bulbulning «navo» degan so’zi yoqib qolibdi. 
Shundan so’ng u o’z she’rlariga «Navoiy» deya taxallus qo’yadigan bo’libdi.
O’quvchilar, endi lug’at daftaringizni oling-da, yangi so’zlarni yozing.
Taxallus- ikkinchi nom.
Ash’or – asar 
Yangi mavzu bayoni mustahkamlanadi.
O’qituvchi: - Alisher Navoiy qachon, qaerda tug’ilgan?
- Bobomiz qaysi tilni mukammal bilganlar?
- Ulug’ shoir asarlaridan qaysilari sizga ma’lum?
Dars yakunida barcha faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirilib, 
kundaliklariga baho qo’yiladi.


43

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin