Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
 
Darsning turi: yangi bilim beruvchi. 
Darsning uslubi: aralash, ko’rgazmali. 
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatma didaktik topshiriqlar, 
magnitofon. 
I. Darsni tashkil qilish. Uyga berilgan topshiriqni so’rab baholash va o’tilgan 
mavzular yuzasidan didaktik tarqatma topshiriqlar berib, javoblar olish: 
1 - kartochka. Alisher qachondan she’r yoza boshlaganligi haqida gapiring. 
2- kartochka. Alisher bilan bulbulning suhbatini kitobdan topib o’qing. 
масофа — йыл 
фурсат — ва=т
вайрона — бузилиб кетган
хуррамлик — хурсандлик 


47
3- kartochka. Alisher bilan Husaynning bolalari haqida gapiring. 
4- kartochka. Shoir va shoh o’rtasida qanday o’xshash jihatlar bor? 
II. O’quvchilarga Navoiy hikmatlarini magnitofon orqali eshittirish va 
mohiyatini yoritish. So’ng do’stlik haqida qisqacha suhbatlashib, yangi mavzu — 
Ibrohim Donishning «Inoqlikda gap katta» she’rini o’quvchilarga o’qib berish 
mazmunini rasmlar yordamida birgalikda tahlil qilish, lug’at bilan ishlash. 
III. Savol-javob yordamida she’r mazmunini mustahkamlash: 
IV. O’quvchilarni baholab, bahosini e’lon qilish. 
V. Uyga she’rni yodlab, Navoiy hikmatlarini o’zlari yasagan kitobchaga 
yozib qo’yishni topshirib, darsni yakunlash. 
Buyuk mutafakkirlarimiz ijodini o’rgatish bo’yicha amalga oshirilgan tajriba-
sinov ishlari va ularning natijalari keyingi 2.2. paragrafda o’z ifodasini topgan. 
2.2. Buyuk mutafakkirlarimiz ijodini o’rgatish bo’yicha amalga oshirilgan 
tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari 
Boshlang’ich ta’lim bosqichi o’quvchilarida asarlarni o’rgatish bir necha 
bosqichlarda amalga oshirildi. 
Dastlabki bosqich - bu ularga keng ko’lamli tarzda tashkil etilgan asarlar 
haqidagi bilimlar targ’ib qilindi. Bunda «O’qish» darslari asosida o’quvchilarga 
etarli darajadagi bilimlarni berish bajarildi. Mazkur jarayonda o’quvchilarning 
bilimlarni egallash, yozuvchi va shoirlarning asarlaridagi insoniylik, odamiylik
mehr - oqibat kabi fazilatlar mohiyatini tushunish, ayniqsa, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti asarlarida, Davlatimiz Konstitutsiyasi va ramzlarida 
asarlarni o’rgatish, ularning ongiga etkazishga ahamiyat berildi. 
Bunda o’quvchilarning ko’pchilik qismi O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, Davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini hurmat qilish o’zlarining fuqarolik 
burchi ekanligini bildirish bilan birga, ularda ifodalangan mehnatsevarlik, 
insoniylik haqidagi bilimlar borasida o’z fikrlarini bayon etdilar. Ba’zibir 
o’quvchilar bu sohada past darajada bilimga ega ekanliklarini bildirganlar. Mazkur 


48
holatni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga bo’lgan intilish natijasida shu 
narsa ma’lum bo’ldiki, o’quvchilarning deyarli barchasi asarlarning mohiyatini 
chuqur anglamasdilar. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, o’quvchilar faoliyatida 
olijanob fazilatlarni shakllantirish alohida maqsad qilib olinmagan. Biz ana shu 
kamchiliklarni bartaraf etish uchun boshlang’ich ta’lim maktabi o’quvchilarida 
insoniylikni shakllantirishda quyidagilar asosiy vazifalar qilib belgiladik: 
1. O’quvchilarning bilimlarini amaliyotga tadbiq etish asosida ularda o’qish 
borasidagi dastlabki ko’nikma va malakalarni hosil qilish, insoniylik, faollikni 
qaror toptirish;
2. O’quvchilarda mehnatsevarlikni, oliyjanoblikni shakllantirishda muhim vosita 
bo’lgan dars va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni quyidagi shakl va metodlarda 
amalga oshirish: 
a) O’quvchilar ongiga ta’sir etuvchi tarbiya metodlari - hikoya qilish, 
tushuntirish, savol-javobni tashkil etish, mehnatsevarlik haqida suhbat, namuna 
ko’rsatish, bahs, munozara, uchrashuv, olimpidalar o’tkazish, matbuot materiallari, 
o’quv va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash va boshqalar; 
b) Ezgu fazilatlarni shakllantirishga ko’maklashuvchi metodlar - rolli 
hamda ishonchli o’yinlarni yo’lga qo’yish, devoriy gazeta va mehnatsevarlik 
jurnallarini tayyorlash. 
Boshlang’ich ta’lim bosqichi o’quvchilarida asarlarni tahlil qilishni 
shakllantirishga yo’naltirilgan dars va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil 
etishda quyidagi vositalarga tayanib ish ko’rildi: 
O’quvchilarning shaxsiy yondoshuvi, jamoatchilik fikri, namuna ko’rsatish, 
ko’rgazmali qurollar namoyishi orqali, mehnatsevarlik munosabatlar jarayonini 
tashkil etish; 
Tajriba - sinov jarayonida dars va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni, asarlarni 
tahlil qilishni shakllantirish metodi va tarbiya birligi, mehnatsevarlik mazmunidagi 
tadbirlarning yagona maqsadga yo’naltirilganligi kabi tamoyillar asosida tashkil 
etildi. 


49
Boshlang’ich ta’lim jarayonida, o’quvchilar tomonidan asarlarni tahlil 
qilishni shakllantirish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bunda o’qituvchilar 
konkret fanni o’qitish jarayonida aynan shu bosqichlarning bog’lanish nuqtasini 
topishi muhim metodologik ahamiyatga ega. Zero, o’quvchilarning turli fanlarda 
asarlarni tahlil qilishni o’zlashtirish imkoniyatlari va faolliklari turlicha bo’ladi. 
Shu nuqtai nazardan, o’qituvchi tomonidan, muayyan predmetning tahlil bilan 
bog’liq yoritishi, shartli ravishda, quyidagi bosqichlarda izchil amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq: 

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin