50
Shuni
aytish kerakki, kichik yoshdagi o’quvchilarda asar tahlilini
shakllantirishda dars mashg’ulotlari va o’qituvchining o’quvchilar jamoasi
bilan
ishlash mahorati muhim ahamiyatga ega. Har bir darsning maqsadi
o’quvchilarning ongi, his - tuyg’usi va xulq - atvoriga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan
bo’lishi lozim. Dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida suhbat uchun tuziladigan
savollar quyidagi talablarga to’la javob berishi zarur:
1. Savollar o’qituvchi tamonidan puxta o’ylab
tuzilishi, bolalarni o’ylashga,
atroflicha fikr - mulohaza yuritishga majbur qilishi;
2. Savollar o’quvchilar saviyasiga mos va tushunarli bo’lishi, son jihatida ko’p
bo’lmasligi;
3. Savollarning ixcham mazmunli, sifatli bo’lishiga e’tibor berish, savollar
darsning umumiy maqsadini ochishga qaratilishi;
4. Savollar o’quvchilarning mehnatsevarlikni shakllan-tirishga qaratilishi;
5. Savollar o’quvchilarning his - tuyg’ulariga ta’sir etishi va ularning aqliy
hissiyotini tarbiyalashga xizmat qilishi;
6. Savollar o’quvchilarning asar tahlili haqidagi
tushuncha va bilim-larini
rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi va boshqalar.
Dars jarayonida o’qituvchilar Navoiy asarlaridan «Navoiyning yoshligidan
lavha», «Donolarning donosi», «Alisher bilan bulbul», «Non hidi» hikoyasidan,
H.H.Niyoziyning «Ota - ona hurmati», «To’g’riso’zlik haqida», «Kattalar
mehnatini qadrlash haqida», o’zbek xalq ertaklaridan «Zumrad va qimmat», «Egri
va to’g’ri», «Uch og’a ini botirlar», «Yoriltosh» kabi ertaklardan, o’zbek
maqollaridan,
hadislardan, buyuk yozuvchi va shoirlarning asarlaridan keng
foydalanishlari zarur.
O’quvchilarni o’z ota - onasiga muhabbat ruhida o’stirib ularni to’g’ri so’z,
mehnatsevar, jasur, qo’rqmas bo’lishida «qoch bolam, qush keldi», «Zag’izg’on»,
«Chitti gul», «qushim boshi», «Chori chambar», «Mushuk va sichqon», «Dim -
dim», «Tapur - tupur qaldirg’och», Xolam mehmonga keldi» kabi o’yinlarni
o’tkazish o’z samarasini beradi. O’quvchilarga darsdan tashqari jarayonda milliy
51
lapar va qo’shiqlarni o’rgatish, Navro’z, Hosil, Mehrijon bayramlarini muntazam
o’tkazish, Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat kabi shoirlarning she’rlari bilan
tanishtirish bolalarda insonparvarlikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda tahlilni shakllantirish natijasida mehr - muhabbat, muruvvat va
oqibat, saxiylik, saxovat diyonat, qanoat, himmat, adolat, sabr-toqat, mehribonlik,
rostguylik
fahm-farosatlilik,ziyraklik kabi ma’naviy xususiyatlar tarkib topadi.
Tahlilni shakllantirish haqidagi bilim va dunyoqarashini rivojlantirib boradi. Biz
ana shu talablardan kelib chiqib boshlang’ich ta’lim jarayonida kichik yoshdagi
o’quvchilarda tahlilni shakllantirish ko’nikma va malakalariga alohida ahamiyat
berdik. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda tahlilni shakllantirishni yuqori,
o’rta, quyi darajalarga bo’ldik.
Dostları ilə paylaş: