Yuqori daraja: odamlarga hurmat bilan munosabatda bo’ladi, o’zining
atrofidagi kishilar haqida g’amxo’rlik qiladi. U doimo do’stlikni ulug’lab, milliy
an’analar va madaniyatga, boshqa millat kishilariga hurmatsizlarcha munosabatda
bo’luvchilarning poyini qirqadi.
O’rta daraja: kishilarga g’amxo’rlik qiladi. Mehr - shafqat ishlarida
ishtirok etadi. Boshqa millat kishilariga yordam berishga tayyor bo’lib, milliy
an’analar va madaniyatga hurmat bilan qaraydi. Do’stlik ishlarida qatnashadi.
Ammo ularning faoliyatida uzilishlar bo’lib turadi.
quyi daraja: o’qituvchi yoki jamoaning topshirig’iga ko’ra atrofdagilariga
yordam beradi. Milliy an’analar va madaniyatga qiziqish bilan qaraydi, boshqa
millat kishilariga undagandan keyin va nazorat ostida yordam beradi.
Tahlil jarayonini shakllantirishning alohida shakllari o’z ichiga quyidagilarni
oladi. Tahlilni shakllantirishga oid adabiyotlarni o’qish-o’rganish; ma’naviy
meros, yodgorliklari haqida ma’lumotga ega bo’lish, buyuk siymolarning hayoti va
faoliyati bilan tanishish, o’quvchilarning oilaviy turmushi va sog’ligini kuzatish,
hujjatli materiallar bilan ishlash, kichik yoshdagi o’quvchilar bilan «O’zbek xalqi -
mehnatsevar xalq», «Salom berish ham qarz, ham farz», «Kamtarga kamol»,
«Poklik imondandir» kabi mavzularda suhbatlar o’tkazish, maktab atrofidagi
52
erlarga ekskurtsiya tashkil etish, savol - javob o’yinlari musobaqalar o’tkazishni
tashkil etish, ommaviy ish shaklida «Alisher Navoiy mehnatsevar», «Sohibqiron
Amir Temur» kabi ertaliklar o’tkazish kabilardir.
|