Proceedings of International Congress on “Multidisciplinary Studies in Education and Applied Sciences” Hosted Online from Bilbao, Spain on November 10th, 2022.
www.conferencezone.org 63 | P a g e
asosida kechalar tashkil etish, munozara va adabiy kechalar o‘tkazishga e’tibor
berilmaydi.
Xalq
og‘zaki
ijodining
tarbiyaviy
imkoniyatlaridan
to‘liq
foydalanilmayapganining yana bir sababi mazkur yo‘nalishda tarbiyachi-
o‘qituvchilarning ota-onalar bilan aloqasi birmuncha sust yo‘lga qo‘yilganidir.
Biz oilada bolalarni xalq og‘zaki ijodi materiallari asosida ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash holatini o‘rganish natijasida shunday xulosaga keldik: 1) keksa otaxon va onaxonlar mavjud bo‘lgan oilalarda xalq og‘zaki ijodi materiallari, xususan, maqollardan ko‘proq foydalaniladi; 2) umuminsoniy, diniy hamda oilaviy an’ana va qadriyatlar asosida tarbiyaviy ishlar sifatli yo‘lga qo‘yilgan oilalarda xalq og‘zaki ijodi materiallaridan tarbiyaviy maqsadda foydalanishga katta e’tibor beriladi; 3) yosh oilalarda xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy imkoniyatlaridan tartibsiz va kamdan-kam foydaniladi, ayrim yosh ota-onalar farzandlari uchun ertak kitoblar xarid qilsalar-da, ertaklarni o‘zlari mustaqil aytib bera olmaydilar, balki kitobdan o‘qib berish bilan kifoyalanadilar. Bolalarga alla aytishda ham uning musiqasini qo‘llasalarda, allaning sehrli so‘zlarini qo‘llamaydilar. Oilalarda folklor asarlaridan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklikning
asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
ayrim ota-onalarning ma’naviy savodxonligini yuqori darajada emas;
ular xalq xalq og‘zaki ijodiga doir adabiyotlardan bexabarlar;
aksariyat ota-onalar xalq og‘zaki ijodi materiallarining tarbiyaviy
imkoniyatlariga yetarlicha baho bera olmaydilar;
ayrim ota-onalar farzandi tarbiyasiga birmuncha beparvo qaraydilar.
Oilada folklor asarlari vositasida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash uchun
tarbiyachi ota-onalar bilan suhbat o‘tkazar ekan, ularni xalq og‘zaki ijodi
materiallari mazmunini sharhlash mexanizmi bilan tanishtirishga ahamiyat
berishi lozim. Uning mazmunini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Shu tariqa ma’naviy-axloqiy tarbiyaga yo‘naltirilgan folklor asarlari saralab
olingach, ota-onalarning ulardan foydalanish, ular mazmunini anglash va
bolalarga qiziqarli qilib yetkazishlariga erishish uchun quyidalarga ahamiyat
qaratish zarur:
1. Ota-onalar bilan folklor asarlari mazmuni haqida suhbat tashkil etish.
2. Xalq og‘zaki ijodi asarlari tanlovini tashkil etish.