Ishlab chiqarish omillari bo‘yicha quyidagilarni ajratish qabul qilingan:
Mehnat bozori (bozor munosabatlari sharoitida ish kuchi tovarga aylanadi).
Er bozori (agar er tovar hisoblangan taqdirda).
Pul kapitali bozori.
Ko‘chmas mulk bozori.
Xom ashyo bozori va hokazolar.
Ishlab chiqaruvchilar soni o‘rtasidagi nisbat va ular orasidagi raqobatning
mavjumligi va iste’molchilarning soniga bog‘liq ravishda bozorlarning quyidagi
modellarini farq qiladilar:
1. Polipoliya (takomillashgan raqobat) – bir xil tovarning o‘ziga sotuvchi va
xaridorlar sonining kattaligi. Qaysidir sotuvchining tovarga qo‘ygan narxdagi
o‘zgarishlari boshqa sotuvchilar orasida emas, faqat xaridorlar o‘rtasidagina tegishli
javob (reaksiya)ni vujudga keltiradi.
Muhim o‘ziga xos tomonlari. Bozor har kim uchun ochiq. Bozorda hamma
harakatlar ochiq ravshan amalga oshiriladi, amallarni bajarish jarayoni hech
kimdan sir tutilmaydi. Narx -berilgan kattalik bo‘lib, har bir sotuvchi va xaridor
mahsulotning narxi, miqdori, xarajatlar va bozordagi talab haqida to‘liq va
haqqoniy axborotga ega bo‘ladilar.
Biroq real mavjud bo‘lgan bozorlarning birortasi sanab o‘tilgan xususiyatlar
bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun takomillashgan raqobat sxemasi asosan
nazariy ahamiyatga ega. Shundoq bo‘lsa-da, u o‘ziga qaraganda ancha realroq
bo‘lgan bozorlar tuzilmasini tushunish uchun kalitdir. Uning qiymati, ahamiyati
ham aynan shundadir.
2. Monopoliya – bitta sotuvchi ko‘p xaridorlarga qarshi tursa-da, bunda shu
sotuvchining o‘zi mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisidir.
Muhim o‘ziga xos xususiyatlari: monopolist bozor hokimiyatga ega bo‘ladi,
narxlarni, bozorga mahsulot yetkazib berilishini nazorat qiladi. Bozorga kirish
yo‘lida monopolist tomonidan raqobatchilar uchun kelib chiqishi tabiiy yoki
notabiiy bo‘lgan to‘siqlar qo‘yiladi.
3. Oligopoliya – nisbatan uncha katta miqdorda (o‘n nafar atrofida) bo‘lmagan
sotuvchilar tovarlar va xizmatlar bozorida hukmronlik qiladilar.
Muhim o‘ziga xos xususiyatlari: sotuvchilarning unchalik ko‘p emasligi
ularning narxlarni belgilash, bozorlarni bo‘lish va taqsimlashda monopolistik
kelishuvlar olishlariga qo‘l keladi. Oligopoliyalar turdosh bo‘lganidek
differensiyalangan tovarlarni ham ishlab chiqarish mumkin. Turdoshlik xom ashyo
va ruda, neft, po‘lat, sement va hokazolarni yarim fabrikatlari bozorida,
differensiyalash iste’mol tovarlari bozorida ko‘proq uchraydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, taqdim etilgan modellardan birortasi iqtisodiyotda sof
holda uchramaydi. Ammo uchalasi har biri o‘z darajasida, zamonaviy bozorlarga
xosdirlar.