XULOSA
Xulosa o’rinida shuni aytib o’tishimiz mumkinki Bozorning eng eski shakli –
an’anaviy bozor – bu sotuvchilar va xaridorlar bitishuvlarni amalga oshiruvchi
joydir. Bizning ko‘pchilik shaharlarimizda oldi-sotdi amalga oshiriladigan
maydonlar va binolar haligacha mavjuddir.
Biroq hozirgi dunyoda bozor juda ko‘p shakllarga ega. Bozorni xaridorlar va
sotuvchilarga bitishuvlarni baholarni belgilash va almashinuvni o‘tkazish mumkin
bo‘lgan tarzda tuzish imkonini beruvchi har qanday tuzilma sifatida ta’riflash
afzalroqdir.
Oldingi vaqtlarda ko‘pchilik bozorlar mahalliy bo‘lgan. Odamlar asosan
o‘zlarini-o‘zlari ta’minlaganlar, boshqalardan esa juda kam narsa sotib olganlar.
Bugungi kunda ichki (milliy, bir davlat doirasidagi) va tashqi bozorni farqlash
kerak bo‘ladi.
Transport va aloqaning takomillashuvi, shuningdek, reklamadan foydalanish bir
tomondan, jahon iqtisodiyotining ayrim mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan
tovarlarga o‘sib borayotgan talab ikkinchi tomondan, ko‘plab tovarlar uchun
baynalmilal bozorlarning tuzilishiga olib keldi.
Hozirgi zamon iqtisodiy tizimda jahon bozorlari shakllangan. Turli
mamlakatlarning etakchi Ishlab chiqaruvchilarining nomlari butun dunyoga yaxshi
ma’lum. Kauchuk, neft, bug‘doy, qand, kofe va choy kabi xom-ashyolar ko‘p
yillardan buyon aynan shu bozorlarda sotilmoqda.
Ishlab chiqarishning – nima Ishlab chiqarish kerak? Qanday ishlab chiqarish
kerak? Kim uchun ishlab chiqarish kerak? kabi asosiy muammolari talab va taklif
mexanizmi orqali hal qilinadi.
Ishlab chiqarilgan yoki taklif etilayotgan tovarning har bir turi boshqa
bozorlardan ishlab chiqarish omillari bilan farqlanuvchi o‘z bozorida sotiladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1.Anufriyev,A.I., FattaxovA.A. «Strategiirazvitii optovo`x ro`nkov»T,2002,TGEU.
2.Chjen.
V
A.
Mirzaaxmedov
E
«Ro`nochno`ye
infrastukturo`
Uzbekistana»,T,1996
3.Chjen V.A «Xususiylashtirish asoslari» T,1996
4.Rasulov M «Bozor iqtisodiyoti asoslari»,T,Uzbekiston, 1999
5.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |