O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va


Narxlarni tartibga solish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix14.12.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#74655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishi

Narxlarni tartibga solish. 
Ma’lumki, rivojlangan bozor iqtisodiyotida ishlab chiqaruvchi o‘z faoliyatining 
maqsadga muvofiq yo‘nalishlari haqidagi hamma axborotni tovarlar, xizmatlar, 
resurslarga bo‘lgan narxlarning tizimi orqali oladi. Bunga «marketing» deb nom 
olgan Bozor strategiyasi va davlatning tegishli ravishda mo‘ljallantirilgan 
Xaridorlar 
va 
sotuvchilarning 
harajat
qilishlari uchun axborot 
Mo‘ljallatuvchi 
Ishlab 
chiqarishning 
eng 
tejamkor 
usullariga va talabni oqilona bo‘lishiga 
yordam beradi 
Rag‘batlantiruvchi 
Taqsimlovchi 
Bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasida 
foydani taqsimlaydi 


harakatlari yordam beradi. Davlat o‘z zimmasiga pul muomalasini to‘g‘ri tashkil 
qilish, bozorning iqtisodiyotining salbiy samaralari uchun tavon to‘lash, bunday 
natijalarni bartaraf etish yoki ularga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’suliyatni o‘z 
zimmasiga oladi.
Bozor xo‘jaligida aniq korxona yoki firma mahsulotni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining hisob-kitobiga shu mahsulotning bozordagi raqobat natijasida 
qo‘yiladigan narxi qarama-qarshi turadi. Ularning keyingisi sotuvchi va xaridor 
o‘rtasidagi erishilgan kelishuv (kompromiss) bo‘lgan talab va taklifning 
nisbatining narxda aks ettirilishiga olib keladi. 
Shunday tarzda hosil bo‘ladigan mexanizmning amal qilishi ancha 
takomillashgan: jamiyatning talablari zaruriy izchillik bilan qondiriladi. Shunga 
qaramay ta’rifi keltirilgan mexanizm ayrim kamchiliklarga ham ega, ulardan eng 
muhimi vaqti-vaqti bilan tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarishining vujudga 
kelishidir. Umuman olganda, albatta, bozor mexanizmining imkoniyatlari 
cheklangan emas. U hamma talablarni emas, balki so‘rov orqali ifodalangan 
talablarnigina qondirish imkonini beradi. Bunda, eng avvalo, jamoaviy 
foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar yoki yana «ijtimoiy jamoaviy» tovarlar deb 
ataluvchi – milliy mudofaa, davlat boshqaruvi yagona energetika tizimi, jamoat 
tartibini saqlash va boshqalar tushib qoladi. So‘ngra, bozor tizimi insonga munosib 
hayot, ishlashni xohlovchi va bunga qobil bo‘lganlarga mehnat qilish huquqini 
ta’minlovchi farovonlikni ma’lum standartlarda amalga oshirishni kafolatlamaydi. 
Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, tarixiy va milliy omillar bilan 
bog‘liq bo‘lgan mintaqaviy muammolarni hal qilishda bozor mexanizmi hamma 
vaqt ham samarali bo‘lavermaydi. 
Shunisi ham ravshanki, bozor ijobiy natija bera olmaydigan joyda davlatning 
aralashishi talab qilinadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotidagi narxlar tizimi juda murakkab, lekin 
detallashtirilishdan qochilsa, unining asosiy uchta turini keltirish mumkin. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin