Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari. Bozor – ijtimoiy ishlab chiqarishni shunday tashkil qilishini, unda tovarlarni
ishlab chiqaruvchilar xaridorlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib nimani qachon va
qaysi miqdorda hamda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, bu tovarlarni qanday qilib ishlab chiqarish (qaysi resurslardan va qaysi texnologiyalar yordamida), kim uchun, iste’molchi kimligidan qat’iy nazar, tovar shaxsiy iste’mol uchunmi yoki
daromad olish uchun ishlab chiqarilishini o‘zlari hal qiladilar.
Bozorning ishi deyilganda bozorning majburiyati, vazifasi, roli nazarda tutiladi.
Bozorning bu majburiyatlari jamiyatning iqtisodiy maqsadlaridan kelib chiqadi.
Bu maqsadlar quyidagilardan tashkil topadi:
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, har bir odamning talablarini katta miqdor va
hajmdagi, sifatli tovarlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish vositasida
qoldirish;
iqtisodiyotning samaradorligi yoki mavjud resurslardan minimal xarajatlar
qilib, maksimal samara (foyda) olish;
xo‘jalik subyektlari: ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, xodimlarning
iqtisodiy erkinligi va ishlashni xohlovchi va bunga qobillarning hammasini to‘liq
bandligi;
narxlar va baholar, ularning umumiy darajasini sezilarli darajada
ko‘tarilmagan yoki tushirilmagan, ya’ni inflyatsiyasiz va defetsitsiz optimal
darajasi;
jamiyatning ishlovchi va ishlamovchi a’zolari (ishlashga qobiliyati yo‘q,
kasal, qariyalar) o‘rtasida daromadlarning adolatli taqsimlanishidir.
Bozorning normal ishlashi va jamiyat uning oldiga qo‘ygan iqtisodiy
maqsadlarni real amalga oshirish uchun bir qator shart-sharoitlarni ta’minlash
zarur. Bular:
1. Bozor, tovar-bozor munosabatlari faqat xususiylashtirilgan mulk asosidagina,
tovar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘lib, o‘z mehnati
natijalarini erkin tasarruf eta olgandagina amalga oshirilishi mumkin.
2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda barcha ishtirokchilarning ishlab chiqarish va
tijorat sohalarida erkinligi zarurdir.
3. Qat’iy va avtoriter valyutaning mavjud bo‘lishi.
4. Kredit va moliya munosabatlarining aniq yo‘lga qo‘yilgan va ishlab turgan
tizimi.
5. Ishlab chiqaruvchilar va boshqaruv xodimlarining bozor munosabatlariga
tashkiliy ravishda va ishonchli qo‘shilib ketish mahorati.