Bozor iqtisodiyotida narxning vazifasi. Bozor iqtisodiyotida narxlar quyidagi vazifalarni bajarishadi:
Taqsimlash vazifasi – eng muhimdir. U shundan iboratki, narxlar tovarlarning
sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Uy-joy uchun
ijara haqining baland bo‘lishi uylarda yashovchilarni kambag‘allashtirsa, uy
egalarini boyitadi, shuning uchun narxlarning bu vazifasi turli xildagi tartibga
soluvchi mezonlarning ta’siriga eng ko‘p tushishiga ajablanarli xol emas.
Narxlar iqtisodiyotda boshqa vazifani ham bajaradilar. Narxlar iste’mol talabini
mo‘l-ko‘l bo‘lgan tovarlarga yo‘naltirib, uni o‘ta tanqiq tovarlardan uzoqlashtirib
turadilar. Agar, aytaylik, yoqilg‘ining bir turining zaxiralari tugayotgan, shu bilan
bir vaqtda mahsulotning ikkinchi turi hali keragidan ortiqcha bo‘lsa, ikkinchisiga
qaraganda birinchisining narxining oshishini kutish lozim bo‘ladi. Bu firmalarni va
yakka tartibdagi iste’molchilarni yetishmayotgan yoqilg‘i turidagi zaxirasi yetarli
bo‘lgan yoqilg‘iga o‘tishiga majbur qiladi. Yirik firmalar o‘z uskunalarini qayta
qurib oladilar, yangidan qurilgan uylarning isitish tizimi arzon yoqilg‘ini
ishlatishga mo‘ljallantiriladi.
Narxlar taqsimlash vazifasini bajara borar ekanlar, resurslardan samarali
foydalanishga erishish imkonini beradilar, tanqis resurslarini ularga eng katta talab
mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarga yo‘naltiradilar.
Tanqis resurslar qimmatlashganida, bozorda ulardan eng katta foyda hisobiga
ishlata oladiganlargina qolishadi.
Tanqis xom ashyo, materialning o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi arzonrog‘ini
ishlata olish imkoniga ega bo‘lgan katta firmalar va ayrim shaxslar (individlar) bu
materiallarni ishlatishga tanqis resursning narxi haddan tashqari baland bo‘lib
ketganda o‘tadilar. Yoqilg‘ining boshqa turlarini ishlatish imkoniga ega
bo‘lmaganlar esa narxlarning qanchalik o‘sganligiga qaramay o‘sha, eski
yoqilg‘idan foydalanishni davom ettiraveradilar.
Ba’zida narxlarning oshishi butun jamiyatga foydali bo‘lishi ham mumkin. Agar,
masalan, mamlakatga tabiiy gazning yetmay qolishi xavf solib turgan bo‘lsa, uning
narxini ko‘tarish zarur, bu potensial iqtisodiy zararni kamaytirish imkonini beradi deb
hisoblaydilar. Albatta, bir qator hollarda narxlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadga muvofiqdir.