O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va


tayyorgarligi va imkoniyati, talab esa – bu odamlarning ushbu tovarlarni



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix14.12.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#74655
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishi

tayyorgarligi va imkoniyati, talab esa – bu odamlarning ushbu tovarlarni 
sotib olishga tayyorligi va imkoniyatlari. 
Talab. 
Iqtisodiyotda «talab» so‘zi tovar yoki xizmatni xarid qilish, qo‘lga kiritish 
istagi, shuningdek, ular uchun haq to‘lashga tayyorgarlik va imkoniyat ma’nosini 
bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, tovar yoki xizmatning taklifi faqat ularga talab 
bo‘lgan paytdagina mavjud bo‘ladi. 
Talab – bu mahsulotning iste’molchilar ma’lum bir narxlarda, vaqtning 
ma’lum bir davrida sotib olishga tayyor bo‘lgan miqdoridir. 
Narx va xaridorlar miqdori o‘rtasida bog‘liqlik borligini payqash qiyin emas, 
ya’ni tovarning narxi qancha past bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdorda sotib olinishi 
mumkin. Bu bog‘liqlikni iqtisodiyot nazariyasida talab qonuni deb ataydilar. 
Tajriba uncha katta bo‘lmagan istisnolardan tashqari hollarda talabning hajmi 
narx pasayganda oshishini ko‘rsatmoqda. Odatda, bu «talab qonuni» sifatida 


bunday shakllanadi: boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganida past narxlarda talab 
hajmi yuqori narxlardagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. 
«Boshqa sharoitlar teng, bir xil bo‘lganda» – bu qoidaning muhim qismidir. Biz 
bir qadar ishonch bilan tovarning narxi tushganida unga bo‘lgan talab ko‘proq 
bo‘ladi, deb ta’riflashimiz mumkin, lekin biz bunda boshqa omillarning o‘zgarmay 
qolishiga yo‘l qo‘ygan holdagina yuqoridagi fikrni tasdiqlashimiz mumkin. Agar
tovarning narxi tushib boraversa, iste’molchilarning daromadlari, ularning didlari 
yoki boshqa tovarlarning narxlari ham o‘zgarib borsa, narxi pasaytirishning 
oqibatlari nimaga olib kelishini oldindan aytish qiyin bo‘lib qoladi. 
Talab qiyshiq chizig‘ining shakli. 
Talabning qiyshiq chizig‘i – nuqtalari xaridor ma’lum vaqt davomida 
tovarlarning turlicha miqdorini qaysi narxlarda sotib olishlari mumkinligini 
ko‘rsatuvchi qiyshiq chiziqdir. 
Nimaga talabning qiyshiq chizig‘i pastga chapdan o‘ngga qarab yo‘naltirilgan? 
Nima uchun odamlar tovarlarni uning narxi tushganida ko‘proq oladilar va nega 
bahosi oshganida kamroq xarid qiladilar? Talabning qiyshiq chizig‘i nega bunday 
shaklga ega ekanligini bir nechta izohi bor. Biz narxning o‘zgarishining ikkita 
natijasi bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy izohni ko‘rib chiqamiz. 
Agar ushbu tovarning narxi tushayotgan bo‘lsa, iste’molchilarning daromadlari 
va boshqa tovarlarning baholari esa o‘zgarmay qolayotgan bo‘lsa, unda 
iste’molchilarning turmush darajasi ko‘tariladi: demak, endi ushbu tovarni boshqa 
tovarlar hisobiga emas, aynan uning narxi pasaygani sababli ko‘proq sotib olish 
mumkin. 
Biz qaysidir buyumni sotib olayotganimizda ularning qaysi birini tanlashimizga 
to‘g‘ri keladi, chunki ko‘pchilik tovarlarning ularga yaqin bo‘lgan, ularning o‘rnini 
bosa oladigan o‘zaro raqobatlashadigan tovarlar bor. Shuning uchun, tovarning 
narxi pasayganida, uning o‘rnini bosuvchi tovar narxlari bilan solishtirganda
ancha jozibador ko‘rinadi. Mazkur tovarga talab hajmi iste’molchilar bu 
tovarlarning o‘rnini bosuvchilarning narxlari nisbatan qimmat bo‘lib qolgani uchun 
o‘rin bosuvchi tovarlarni olmay qo‘yganliklari sababli oshib ketadi. 
Tovar narxining ko‘tarilishi teskari natijalarga olib keladi. 
Taklif. 
Taklifning hajmi (kattaligi) tovarning mavjud zaxirasi haqida dalolat bermaydi: 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin