faylasuflaridan biri YUrgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni:
tashqi
dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim»,
individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni
taklif etdi.
Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z
maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu
fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga
muvofiq faoliyat olamidir.
Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi
jismli faoliyat
bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-
barangligida
tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash
uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida
yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi
jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur
birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik,
ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat
bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat
qiladi .
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va
bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak,
u holda inson
mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat
qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish,
u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning
«hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan
holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas,
balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening»
dunyosiga
shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga
yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida
kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin,
san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.
«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ –
bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil.
Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik
organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi)
sifatida tushuniladi, ya’ni,
insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi
odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi
ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.
Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy
sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda
mavjudligi yoki mavjud
emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni
xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik
xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni
boshqalardan ajratib
turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab
boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.
SHaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil
ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G.
Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K.
Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L.
Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar
yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan
jismli faoliyat va
muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan
ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib
boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur
va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning
ta’riflari shulardan iborat.
Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «SHaxs
– bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda
namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar
uchun ahamiyatli
bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari
tizimidagi inson»
1
.
SHunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida,
ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan,
ijtimoiy mavjudot
sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi
insonning yig‘indi xususiyatlarini – uning individualligini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: