Temperament va xarakter



Yüklə 472,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix17.12.2022
ölçüsü472,79 Kb.
#75775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
13.MAVZU (1)

harakatlarning reaktivligi, ularning vazifasi ayni damda bevosita ta’sir 
ko‘rsatayotgan vaziyat va seskantiruvchilarga nisbatan moslashuvchi reaksiyalar 
jadalligining oshishidan iborat; irodaviy maqsadga yo‘naltirilgan harakat faolligi
Teplov fikriga asosan, ko‘zlangan maqsadga muvofiq ravishda vaziyatni qayta 
tuzish yo‘li bilan moslashuv faolligini oshirishda namoyon bo‘ladi; egiluvchanlik – 
rigidlik, vazifasi faoliyatning o‘zgaruvchan talablariga moslashishdan iborat; 
rezistentlik, vazifasi boshlangan faoliyatni bo‘shashtiruvchi yoki to‘xtatuvchi 
barcha ichki va tashqi sharoitlarga qarshilik ko‘rsatish layoqatidan iborat
sub’ektivlashtirish, Teplov fikricha, faoliyatning sub’ektiv obrazlar va tushunchalar 
yordamida darajalarini kuchaytirishdan iborat. 
Temperament xossalarining yuqorida keltirilgan xarakteristikalaridan ikkita 
asosiy xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, temperament xossalari psixik 
jarayonlar dinamikasida va individ faolligi darajasida namoyon bo‘ladi, ikkinchidan, 
esa temperament faoliyat bilan uzviy bog‘langandir. Bular olimlarning keyingi 
tadqiqotlarida rivojlantirildi. 
Mashhur psixofiziolog V.M. Rusalov asab tizimi xossalri konsepsiyasi asosida 
1980 yil oxirlarida temperament xossalarining ta’rifini keltirgan. U fiziologiyaning 
hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalandi. V.M. Rusalov, P.K. Anoxinning 
funksional tizimlar nazariyasidan kelib chiqqan holda, to‘rtta xil blokdan iborat –
axborotni saqlash, harakatlantirish va qayta ishlash (afferent sintez bloki), dasturlash 
(qaror qabul qilish), ijro qilish va teskari aloqa kabi afferent sintezning kengligi va 
torligiga, hulq-atvorning bir dasturdan ikkinchisiga osonlik bilan o‘tishga, hulq-
atvor joriy dasturining amalga oshish tezligi va harakat real natijasining o‘z 
akseptoriga mos kelmasligiga nisbatan sezuvchanligiga bog‘liq bo‘lgan 
temperamentning xossalarini ajratdi. 
Bunga muvofiq ravishda temperamentning an’anaviy psixofiziologik 
baholanishi o‘zgardi va faollik bilan sezuvchanlik kabi ikki ko‘rsatkichning o‘rniga 


endilikda: ergiklik (chidamlilik), egiluvchanlik, tezlik va emotsionallik 
(sezuvchanlik) kabi to‘rt xil tarkibiy qism ajratiladi. Temperamentning bunday 
tarkibiy qismlarining barchasi V.M. Rusalov fikriga ko‘ra, biologik va irsiy jihatdan 
belgilangandir. Xuddi shunday, temperament asab tizimining xossalariga bog‘liq, 
ular esa o‘z navbatida, miya va umumiy asab tizimining integrativ, tahliliy va 
umumlashtiruvchi faoliyatini ta’minlaydigan funksional tizimlarning asosiy 
xususiyatlari sifatida tushunilishi lozim. 
V.M. Rusalov konsepsiyasi nuqtai nazaridan temperament – bu psixobiologik 
daraja bo‘lib, uning xossalari to‘laligicha na tug‘ma, va na muhitga bog‘liq bo‘la 
oladi. Ular, V.M. Rusalovning fikricha, insonning irsiy belgilangan individual 
biologik xossalarining «tizimli umumlashtirilishidan» iboratdir, ular «turli xildagi 
faoliyatlarga kirishib, asta-sekin o‘zgaradilar va faoliyatning mazmunidan qat’iy 
nazar, invariant xossalarning umumiylashgan, sifat jihatidan yangi, individual 
barqaror tizimini hosil qiladilar»
2

Insonning jismli faoliyat va muloqotga muvofiq ravishda temperament ayrim 
xossalari alohida ko‘rib chiqilishi zarur, chunki, bu faoliyat turlarida ular turlicha 
namoyon bo‘ladilar, deb taxmin qilinadi. 
Bayon etilganlarni umumlashtirgan holda, mualliflarning ko‘pchiligi 
temperament xossalari va ularning ifodalanishini organizmning fiziologik 
xususiyatlari bilan bog‘liqlikda o‘rganishlarini aytib o‘tish joiz. 
XX asrning 20-30-yillarida I.P. Pavlov 
tomonidan asab tizimi tiplari haqida ta’limot 
ishlab chiqildi. Pavlovning tasdiqlashiga ko‘ra, 
hulq-atvorning individual xususiyatlari, psixik 
faoliyat dinamikasi asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarga bog‘liqdir. Asab 
tizimi faoliyatidagi individual farqlarning esa turli xil ifodalanishlar, nerv 
jarayonlarining aloqasi va nisbati – qo‘zg‘alish va tormozlanish sanaladi. 
I.P. Pavlov asab tizimining uch asosiy xossasini ajratdi, bular qo‘zg‘alish va 
tormozlanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir. 

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin