Temperament va xarakter



Yüklə 472,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix17.12.2022
ölçüsü472,79 Kb.
#75775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
13.MAVZU (1)

Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. 
Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma 
narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari 
yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, 
narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga 
to‘playdi.
Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni 
va yorug‘lik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va 
ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi 
mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. 
Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarining namoyon bo‘lishini va o‘zining 
ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi 
ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. 
Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, 
qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib 


ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi 
ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli 
ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. O‘tgan va kelajak hayot haqida 
tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi. 
Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda 
faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun 
u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda 
ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida 
katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. 
Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin