Temperament va xarakter



Yüklə 472,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix17.12.2022
ölçüsü472,79 Kb.
#75775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
13.MAVZU (1)

melanxolik – emotsional kechinmalar xilma-xilligining uncha katta emasligi, lekin 
katta kuchga va davomiylikka egaligi bilan farq qiluvchi inson, u barchasiga ham 
munosabat bildirmaydi, agar bildirgudek bo‘lsa ham chuqur o‘ylaydi, o‘z hislarini u 
darajada namoyon qilmaydi; flegmatik – sust, mutanosib va xotirjam odam, uning 
emotsional ta’sirlanishi oson emas, va o‘zidan chiqarish qiyin, hislari tashqaridan 
deyarli namoyon bo‘lmaydi. 
Lekin barcha odamlarni shu to‘rt xil asosiy temperamentlarga ko‘ra ajratish 
mumkin deb o‘ylash xatodir. Faqat ba’zilargina bu tiplarning sof vakillari bo‘lib 
hisoblanadi; ko‘pchilik odamlarda esa biz temperamentlarning aralash tiplarini 
kuzatamiz. 
SHuni ta’kidlash lozimki, temperament insonning qobiliyatliligini va 
iste’dodini belgilamaydi. Ko‘zga ko‘ringan iste’dod egalaridan faoliyatning turli 
sohalarida turlicha temperament sohiblarini topish mumkin. Masalan, A.S. Pushkin 
– xolerik, A.I. Gersen – sangvinik, N.V. Gogol va V.A. Jukovskiy – melanxoliklar, 
I.A. Krilov va I.A. Goncharov – flegmatiklar. Ikki rus yirik sarkardalari A.V. 
Suvorov – xolerik, M.I. Kutuzov esa – flegmatik. 
Temperamentlardan qay birining ustunligi haqidagi masalani ko‘rishga 
zaruriyat tug‘ilmaydi. Har bir temperament o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga 
ega. Xolerikning ehtirosliligi, faolligi va quvvati, sangvinikning ta’sirchanligi va 
shayligi, melanxolik hislarining chuqurligi va barqarorligi, flegmatikning 
xotirjamliligi va shoshqaloqligining mavjud emasligi – bularning barchasi nomlari 
zikr etilgan temperamentlarining ijobiy tomonlari. SHu bilan birga, ularning salbiy 
tomonlarini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sangvinik temperamenti engil tabiatlikka 
moyillik, hislarning etarlicha chuqur va barqaror emasligiga olib kelishi mumkin.. 
Xolerik temperamenti insonni cho‘rtkesar, o‘zini tiya olmaslik, muntazam 
«portlashlarga» moyil qilib qo‘yishi mumkin. Melanxolik temperamenti odamda o‘z 
kechinmalariga o‘ta berilganlik, o‘ta uyatchanlik yuzaga kelishi mumkin. Flegmatik 


temperamenti odamni lanj, harakatsiz, hayot taassurotlarning barchasiga befarq qilib 
qo‘yishi mumkin. 
Temperament haqidagi ta’limotning asoschisi qadimgi yunon tabibi Gippokrat 
hisoblanadi, uning ta’kidlashicha, odamlar «organizmidagi suyuqliklar» nisbati 
bilan farqlanadilar, suyuqlik yunoncha «krasis» so‘zi bilan ifodalangan; so‘ngra 
lotincha temperamentum – «mutanosiblik», «to‘g‘ri o‘lchov» so‘zi bilan 
almashtirildi. Gippokrat ta’limotiga tayangan holda antik davr tabibi Klavdiy Galen 
temperamentlar tipologiyasini ishlab chiqdi, uni o‘zining «De temperamentum» qo‘l 
yozmasida bayon etdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, temperament tipi organizmdagi qon, 
flegma, sariq va qora safro suyuqliklarining ustunligiga bog‘liq. U 13 xil 
temperament tiplarini ajratdi, lekin keyinchalik ularni to‘rt xilga birlashtirdi – bu 
sangvinik (qon), flegmatik (shilliq, balg‘am), xolerik (safro) va melanxolik (qora 
safro). 
Keyingi asrlarda uning izdoshlari tana tuzilishi va fiziologik vazifalarining 
farqlari bilan mos keladigan hulq-atvorlar xilma-xilligini kuzatgan holda, ularni 
tartibga solishga va guruhga ajratishga harakat qildilar. Temperamentlar haqidagi 
ta’limotning rivojlanishiga nemis faylasufi I. Kant, nemis psixiatri E. Krechmer, 
amerikalik olim U. SHeldon, rus fiziologi, akademik I.P. Pavlov, rus anatomi va 
shifokori P.F. Lesgaft va boshqalar o‘z hssalarin qo‘shganlar. 

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin