Temperament va xarakter



Yüklə 472,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix17.12.2022
ölçüsü472,79 Kb.
#75775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
13.MAVZU (1)

I.P. Pavlov tomonidan taklif etilgan edi. U tadqiqot uchun Krechmer kabi tanalar va 
qon tomirlarining tashqi tuzilishini (P.F. Lesgaft) emas, balki yaxlit organizmni oldi 
va unda bosh miyani ajratib, ilmiy izlanish ob’ekti sifatida uning xossalarini belgilab 
chiqdi. 
Ushbu yondoshuvning afzalligi boshlang‘ich holat sifatida biologik hosilaning 
qo‘shimcha va ikkilamchi belgilari emas, balki inson organizmining etakchi tizimi 
– markaziy nerv tizimi belgilari olinganligidan iborat edi. 
Pavlov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar temperamentning fiziologik 
asoslarini tushunish uchun ahamiyatli bo‘lgan tajribalar sifatida baholanadi. 
Temperament nazariyasining rivojlanishiga rus psixologiyasida B.M. Teplov 
katta hissa qo‘shdi. U temperament xossalariga psixik faoliyat dinamikasini 
xarakterlaydigan barqaror psixik xossalarni kiritdi. Temperamentning individual 


xususiyatlarini temperament u yoki bu xossalari rivojlanganlik darajasi bilan 
tushuntiradi. Temperamentning ahamiyatga molik xossalariga quyidagilar kiritilgan 
edi: juda kuchsiz tashqi va ichki ta’sirlarga javob bildirish layoqati – emotsional 
qo‘zg‘aluvchanlik; diqqatning qo‘zg‘aluvchanligi – bu individ psixikasining 
moslashuvchi vazifasini belgilaydigan temperament xossasi, u ta’sirlovchi 
jadalligining juda kichik o‘zgarishlarini payqash layoqatidan iborat; emotsiyalar 
kuchi, uning asosiy vazifasi, Teplov fikricha, motivlarning qondirilishi yoki 
qondirilmasligiga bog‘liq ravishda faoliyatni quvvatlashdan iborat; xavotirlanish
Teplov fikriga ko‘ra, u tahdidli vaziyatda emotsional qo‘zg‘aluvchanlikdan iborat, 
Teplov odatdagi sharoitlarda xavotirlanish va emotsional qo‘zg‘aluvchanlikni 
ajratadi, chunki, emotsional qo‘zg‘aluvchanlik seskantiruvchi ta’sir kuchiga bog‘liq 
emas, xavotirlanish esa u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan; ixtiyorsiz 

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin